ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi
hujjatlar yirik va kichik qurilish mashina
(uskuna)larning har kunlik ish faoliyatini hisobga olish
va nazorat qilish uchun
ishlatiladi.
Bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM-7 shakl)
maxsus qurilish mashinalari (uskunalari) tomonidan bajarilgan ishlarni
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U pudratchi va buyurtmachilar (bosh pudratchi va
subpudratchilar) o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni
amalga oshirish uchun asos
bo‘luvchi schyot-fakturalarga ilova qilinadi.
Qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishlar ushbu texnika yordamida
xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar uchun
daromad olishning asosiy
manbai hisoblanadi. Bunday tashkilotlarda qurilish mashinalari tomonidan
bajarilgan ishlar ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ESM-7, schyot-faktura)
asosida
hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet
4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Kredit
9030 «Bajarilgan i shva xizmatlardan olingan daromadlar»
Qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarni olib borayotgan pudratchi
tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari
tomonidan bajarilgan ishlar
qiymati umumpudrat ishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning tannarxiga
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: