319
10.1.2. Ko‘p yillik daraxtlar statistikasi
Ko‘p yillik daraxtlar deb, sun’iy ravishda ko‘p yillar davomida ho-
sil olinishi uchun o‘stiriladigan daraxtlar tushuniladi. Bular tarkibiga-
mevali, rezavor-mevali, uzum, choy, sitrus daraxtlari, tut, xmel (etimak)
va ko‘p yillik manzarali (dekorativ) o‘simliklar kiradi. Ulardan olinadi-
gan hosil ularning egallab turgan maydoni va daraxtlarning soni bilan
tavsiflanadi.
Ko‘p yillik daraxtlarning eng asosiy vazifalari shundan iboratki,
ularni o‘tkazish va o‘stirish reja bajarilishini nazorat etish, hajmi, tarkibi,
strukturasi va egallab turgan maydonlarning dinamikasini turlari va gu-
ruhlari bo‘yicha, xo‘jalik kategoriyalari va ularning joylanishini hamda
mahsuldorligini o‘rganadi.
Ko‘p yillik daraxtlarning hajmi ularning egallab turgan maydoni
unda o‘stiriladigan daraxtlar soni bilan tavsiflanib, ular alohida ajratil-
gan massivda, bog‘ qator oralarida yoki alohida egallab turgan may-
donlarda namoyon bo‘ladi.
Ko‘p yillik daraxtlarning hajmini ularning turlari va guruhlari
bo‘yicha aniqlanganligi uchun ularni guruhlari bo‘yicha turkumlashni
ko‘rib chiqamiz.
Ko‘p yillik daraxtlarning turlari va ularning xo‘jalikda, ishlatil-
ishiga qarab, quyidagi guruhlarga bo‘linib o‘rganiladi:
- mevali-rezavorli:
a) urug‘li - olma, behi, nok ...
b)
donakli - gilos, olxo‘ri, shaftoli ...
c) rezavorli daraxtlar - qulupnay, malina, smorodina ...
d) sitrus mevalari - limon, apelsin, mandarin ...
e) subtropik - anjir, xurmo, anor ...
j) yong‘okli mevalilar - yong‘oq, bodom, mindal ...
- uzum daraxtlari: aholi iste’moli uchun va sanoatda qayta ishlash
uchun mo‘ljallanadi.
- choy, xmel (etimak): texnik qayta ishlash uchun mo‘ljallanadi.
- pitomniklar: o‘tkazuvchi materiallarni o‘stirish uchun
mo‘ljallanadi.
- dekorativ daraxtlari: har xil manzarali o‘tqazilgan
daraxtlar ki-
radi.
Ko‘p yillik daraxtlar yoshlari bo‘yicha, ayniqsa hosil yoshidagi va
hosil yoshida bo‘lmagan (yosh daraxtlarga) bo‘linib o‘rganiladi. Ular-
ning hosil yoshiga kirishi faqat daraxtlarning turiga bog‘liq bo‘lmasdan
320
balkim ularning sorti, o‘stirish usuli va hokazolarga bog‘liqdir. Hozirgi
kunda statistikada bu ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi taqqoslama
ma’lumotlarni olish uchun yosh senzi belgilanadi. Bunga asosan yosh va
hosil beradigan katta daraxtlarni bir-biridan ajratish uchun ro‘yxatga
olish natijasi bo‘yicha quyidagi yosh senzi belgilangan:
- urug‘li, donakli, yong‘oq mevali, subtropik va sitrus daraxtlarning
birinchi mevasi ko‘zga ko‘ringandan keyin 3-4 yil o‘tishi
bilan ularni
hosil beruvchi katta daraxtlar safiga ko‘chiriladi;
- rezavorli o‘simliklar (malina, smorodina) bo‘yicha ularning
ko‘chatlarini o‘tkazgandan so‘ng - uchinchi
yildan boshlab, qulupnay va
xmellar (etimak) - ikkinchi yildan boshlab, uzum - to‘rtinchi yildan
boshlab, choy plantatsiyasi-to‘qqizinchi yildan boshlab, tut plantatsiyasi-
janubiy tumanlarda uchinchi yildan, shimoliy tumanlarda esa to‘rtinchi
yildan boshlab, normal hosil beruvchi o‘simliklar hisoblanadi.
Ko‘p yillik daraxtlarning yoshi bilan hosili o‘rtasidagi bog‘liqlikni
chuqurroq o‘rganish va ularning yangilanishi ustidan o‘z vaqtida nazo-
ratni o‘rnatish uchun ularni yoshlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘lib
o‘rganiladi va ro‘yxatga olinadi:
4-yoshgacha, 5-8 yoshgacha, 9-10 yosh, 11-18 yosh, 19-25 yosh,
26-50 yosh va 50 yoshdan yuqori.
Ko‘p yillik daraxtlar ko‘chat o‘tkazish usullari bo‘yicha to‘rt gu-
ruhga bo‘linadi:
-
qatorlab ekish;
-
tizimsiz (tartibsiz) ekish;
-
qator oralarida tig‘izlashtirib ekish;
-
aralash ekish.
Toklar qishlash (qishlamoq) usuli bo‘yicha ko‘miladigan va
ko‘milmaydigan, tirgovich bo‘yicha ishkomli (so‘rili), stelajli va
tirgovichsiz uzumlarga bo‘linadi.
Mevali va rezavor daraxtlarning ko‘chatlari
mustaqil ravishda hi-
sobga olib boriladi. Ko‘chatlarning har bir turi bo‘yicha ko‘paytirish
uchastkasi va parxish qilingan tup (ona tup) uchastkasiga bo‘linadi.
Ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil etishda
ularning miqdori, strukturasi, turlari va guruhlari, xo‘jalik kategoriyalari,
tumanlar va viloyatlar bo‘yicha egallab turgan maydonlarning dinami-
kasi o‘rganib chiqiladi. Shu bilan birga ko‘p
yillik daraxtlarga tegishli
bo‘lgan quyidagi maxsus ko‘rsatkichlar hisoblanadi: