* Shu jumladan, qochirilgan g‘unajinlar - 207
** Shu jumladan, bir yoshdan katta bo‘lgan g‘unajinlar -476
Bundan tashqari, tuman bo‘yicha shu davrda - 2211 sigir qochirildi jami qochirilgan urg‘ochi mollar 2310 ga teng
bo‘lib, shundan 1809 bosh sun’iy ravishda qochirilgan shu davrda chetdan 149 bosh chorva moli sotib olindi {bu
ko‘rsatkichni shu keltirilgan jadval orqali aniqlash mumkin, ya’ni kirim bo‘lgan jami chorva mollar soni (3580) bilan
tug‘ilgan va boshqa guruhlardan o‘tkazilgan chorva mollar soni (3431=2362+1069) o‘rtasidagi tafovut orqali aniqlanadi:
149=3580-3431}. Bu yerda (1069) shu jadvaldan quyidagicha aniqlanadi: 1069=425+3+557+84
Shu davrda sigirlardan 2078 buzoq olingan bo‘lsa, jami ona sigirlardan esa 2186 buzoq olindi. Joriy yilda tug‘ilgan
yosh buzoqlarning majburiy so‘yilib, go‘shtga topshirilgan soni - 172 boshni tashkil etadi.
338
Bola olish ko‘rsatkichini aniqlashda faqat tirik olingan bolalar soni
(buzoq, qo‘zi va boshqalar) olinib, yil boshiga mavjud jami ona mollar
soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichni asosiy poda tarkibidagi har 100 ta
sigir hisobiga olingan buzoqlar uchun, har 100 ta ona sigirlarga nisbatan
olingan buzoqlar uchun, har 100 ta jami urg‘ochi mollariga nisbatan
alohida aniqlanadi. Statistika, bola olish ko‘rsatkichi bilan bir qatorda
yaroqli bola olish koeffitsientini ham hisoblaydi. Buning uchun tirik
olingan bolalar sonidan, nobud bo‘lgan bolalar sonini chiqarib tashlanib,
qolgan qismi ona mollar soniga bo‘linadi.
Bu ko‘rsatkichlarni keltirilgan misolimiz yuzasidan quyidagicha
aniqlanadi:
Sigirlar uchun – 2078:2352x100=89(bosh)
Ona sigirlar uchun – 2186:(2352+142)x100=2186:2494=88
Jami urg‘ochi mollar uchun – 2186:(2352+142+207)x100=81
Yaroqli bola olish koeffitsienti – (1362-11):2362x100=99,5
3. Ona mollarning qisir qolish koeffitsienti (ko‘rsatkichi). Bu
ko‘rsatkichni hisoblash uchun bola tug‘magan ona mollar (qisir qolgan)
sonini bola berish uchun mo‘ljallangan barcha ona mollar soniga
bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichni 100 foizdan, bola olish foizini ayirish yo‘li
bilan ham aniqlash mumkin.
Bu ko‘rsatkich keltirilgan misolimiz yuzasida quyidagicha aniqla-
nadi:
Sigirlar uchun – (2352-2078):2352x100=11,0 yoki 100 % - 89
%=11 % gacha teng bo‘ladi.
Ona sigirlar uchun – (2494-2186):2494x100=12,0 yoki 100 % -88
% =12 % ga teng bo‘dadi.
Jami urg‘ochi mollar uchun–(2701-2186):2701x100=19,0 yoki 100
%-81 % =19 % ga teng bo‘ladi.
4. Poda safini ta’mir yoshidagi mollar bilan to‘ldirish koeffitsienti
(ko‘rsatkichi). Bu ko‘rsatkich katta yoshdagi mollar guruhini kichik
yoshdagilari bilan to‘ldirish imkoniyatini tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkichni
aniqlash uchun har turdagi ta’mir yoshdagi mollar sonini shu turdagi
katta yoshdagi mollar soniga bo‘linadi va natijasi 100 % ga
ko‘paytiriladi. Bu ko‘rsatkichni yil boshida va yil oxirida hisoblash
mumkin.
Bu ko‘rsatkichni quyidagi munosabatlarda aniqlash mumkin:
Ikki yoshdan katta bo‘lgan g‘unojinlar uchun-402 : 2432 x
100=16,5 (bosh)
339
Bir yoshdan katga bo‘lgan g‘unojinlar uchun - 476 : 2432 x
100=19,6 (bosh)
5. Chorva mollarni brak qilish koeffitsienti (ko‘rsatkichi). Chorva
mollardan ishlab chiqarish zoomuxandislik belgilari bo‘yicha xo‘jalikda
foydalanish mumkin emas, deb topilsa, bu chorva mollar brak qilinib,
go‘sht sifatida realizatsiya qilinadi yoki xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlati-
ladi. Bu ko‘rsatkich orqali, xo‘jalikning ta’mir yoshdagi chorva mollar
ko‘rsatkichini xo‘jalikdagi chorva mollarni brak qilish ko‘rsatkichi bilan
taqqoslash yo‘li orqali chorva mollarning asosiy podasini ko‘payishi
(asosan ona sigirlarni) imkoniyatlari yuzasidan xulosa va takliflar
kiritish asosida o‘rganilishi mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, statistikada chorva mollarini brak qilish deb, go‘sht
olish maqsadida so‘yish, davlatga va bozorda sotish, o‘z xo‘jaligi ehti-
yoji uchun so‘yilgan mollar tushuniladi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash
uchun, brak qilingan chorva mollar sonini oborotdagi chorva mollar
soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Oborotdagi chorva mollar
sonini-yil boshidagi chorva mollar soniga, xo‘jalikda olingan hayvon
bolalari va tashqaridan qabul qilib olingan mollar sonini qo‘shib, jam-
lash yo‘li bilan topiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, chorva mollarning brak qilingan
qismiga chorva mollarning boquv guruhiga va zotli chorva mollarni
tarkibiga o‘tkazilgan bo‘lib, bular boquvga va zotli chorva mollar
tarkibida saqlash muddati tugagan holatdan kiritilib o‘rganiladi.
Bu ko‘rsatkichlarni quyidagi munosabatlarda aniqlash mumkin:
Oborotdagi jami mollar uchun -(1310+380):(4364+2362+149)x100%=
=24,6 % ga teng bo‘ladi.
Sigirlar uchun - (236+84+25):(2352+425)x100%=12,4% ga teng
bo‘ladi.
Joriy yilda tug‘ilgan yosh mollar uchun -(642+253):2362x100%=
=37,9% ga teng bo‘ladi.
6. Chorva mollarni saqlab qolish va nobud bo‘lish koeffitsienti
(ko‘rsatkichlari) . Chorva mollarni saqlab qolish ko‘rsatkichlarini
aniqlash uchun oborotdagi chorva mollar sonidan nobud bo‘lganlarni
chiqarib tashlab, qolgan qismini 100 % ga ko‘paytirib, oborotdagi
chorva mollar soniga bo‘linadi yoki 100 % dan chorva mollarni nobud
bo‘lish ko‘rsatkichi (foiz)ni olib tashlash yo‘li bilan ham aniqlash mum-
kin.
340
Chorvachilik ahvolini baholashda joriy yilda tug‘ilgan yosh buzoq-
larning saqlanish ko‘rsatkichini aniqlash uchun joriy yilda saqlanib
qolingan qismini yil davomida olingan buzoqlarga bo‘linib topiladi.
Chorva mollarning nobud bo‘lish ko‘rsatkichini aniqlash uchun
nobud bo‘lgan mollar sonini oborotdagi jami mollar soniga bo‘lib va
olingan natijani 100% ga ko‘paytiriladi.
Joriy yilda tug‘ilgan yosh buzoqlarning nobud bo‘lish ko‘rsatkichi
ham yuqoridagi tartibda aniqlanadi, ya’ni yil davomida nobud
bo‘lganlarni yil davomida tug‘ilgan yosh buzoqlarga bo‘linib va olingan
natijani 100 % ga ko‘paytiriladi.
Bu ko‘rsatkichlarni keltirilgan misolimiz yuzasidan quyidagicha
aniqlanadi:
Jami chorva mollarning saqlanish koeffitsienti –
((4364+2511)-16):(4364+2511 )x100=99,8 % ga teng bo‘ladi.
Jami chorva mollarning nobud bo‘lish koeffitsienti –
16:(4364+2511 )x100=0,2 % yoki 100 % - 99,8 % =0,2 % ga teng
bo‘ladi.
Tug‘ilgan yosh buzoqlar uchun saqlanish koeffitsienti - (2362-
11):2362x 100=99,5 % ga teng bo‘ladi.
Tug‘ilgan yosh buzoqlar uchun nobud bo‘lish koeffitsienti -
11:2362x100=0,5 % yoki 100 %-99,5 %=0,5 % ga teng bo‘ladi.
Bundan tashqari chorva mollarning ishbilarmonlik ko‘rsatkichi
ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich ham ona sigirlar uchun, ham joriy yilda
tug‘ilgan yosh buzoqlardan shu davrda nobud bo‘lganlar va majburiy
so‘yilib, go‘shtga topshirilgan bosh soni ayirilib, yil boshidagi sigirlar va
ikki yoshdan katta bo‘lgan g‘unajinlar (ona sigirlar) soniga bo‘linib, 100
ga ko‘paytirib aniqlanadi.
Joriy yilda tug‘ilgan buzoqlar uchun ham yuqoridagi tartibda
aniqlanadi, ya’ni shu davrda tug‘ilgan yosh buzoqlar sonidan nobud
bo‘lganlari va majburiy so‘yilganlari ayirilib, shu davrda olingan buzoq-
lar soniga bo‘linib, 100 ga ko‘paytiriladi.
Bu ko‘rsatkichni keltirilgan misolimiz yuzasidan quyidagicha
aniqlanadi:
Har yuz ona sigirga to‘g‘ri keladigan ishbilarmonlik tug‘ilishining
chiqishi - (2362-11-172):(2352+142)x100=87,4 (bosh).
Tug‘ilgan buzoqlarning ishbilarmonlik foizi-(2362-11-
172):2362x100=92,3 % ga teng bo‘ladi.
|