R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə180/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   226
10.2-jadval 
Hayvonlarni turlari va guruhlari bo‘yicha shartli chorva mol-
lar soniga aylantirish koeffitsientlari 

Chorva mollarning turlari va


guruhlari
Chorva mollarning
qiymati bo‘yicha
yem-xashak miqdori
bo‘yicha
1. Sigir va naslli buqalar
1,0
1,0
2. Yosh qoramollar
0,50
0,6
3. Qo‘y va echkilar
0,10
0,1
4. Otlar
1,10
1,0
5. Parranda
0,02
0,025
(bosh)


332
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan hayvonlarning turlari va guruhlari


orqali shartli chorva mollarining qiymati bo‘yicha aylantirish
koeffitsientlaridan foydalanib, iqtisodiy tasvirlashga ega bo‘lgan hisob-
kitoblar (raschotlarini) tuzishda ishlatiladi. Masalan: chorva mollari va
parrandalarning absolyut sonlari orqali dinamikasining tahlil etishda
yoki ularni territoriyalari bo‘yicha joylashuvini solishtirishda,
to‘plangan nisbiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda (masalan: jon boshiga,
qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlarning bir yoki yuz gektariga,
to‘g‘ri keladigan chorva mollari sonini va boshqa ko‘rsatkichlar)
ishlatiladi. Yem-xashak miqdori bo‘yicha esa aylantirish koeffitsientlari
orqali chorva mollari yem-xashak bilan ta’minlanishi (rejasi), ozuqa
ratsionini tuzishda va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Statistikada qishloq xo‘jalik hayvonlari bir necha belgilari bo‘yicha
turkumlashtiriladi. Birinchi navbatda hayvonlar turlari bo‘yicha
bo‘linadi. Hayvonlarning asosiy turlariga qoramollar, otlar va qo‘y-
echkilar kiritilib o‘rganiladi. Bulardan tashqari, statistikada qishloq
xo‘jalik parandalarini turlari bo‘yicha, quyonlarni, mo‘ynali hayvonlar,
asalarilar, baliq, xizmatchi itlarni hisobga olinadi.
Barcha chorva mollar va parrandalar asosiy ishlab chiqarishi
yo‘nalishi bo‘yicha ikkiga bo‘linadi:
1.
Mahsuldor mollar;
2.
Ish hayvonlar.
Mahsuldor mollarga qoramol, qo‘y, echkilar kiradi. Ish hayvonlari
tarkibiga-ishchi xo‘kizlar, ot, eshak, xachir, ishchi bo‘yvollar, aravaga
qo‘shiladigan bug‘ular kiritiladi. Katta yoshdagi mahsuldor va ish hay-
vonlar mehnat vositasi bo‘lib, ular asosiy fondlar tarkibiga kiradi. Yosh
va bo‘rdoqiga boqilgan mollar mehnat predmetlari bo‘lib, ular aylanma
fondlar tarkibiga kiritiladi.
Chorva mollarini turkumlashning eng muhim belgilaridan biri jinsi
va yoshi hisoblanadi. Hayvonlarning har bir turi yoshiga qarab, ikki
asosiy guruhga bo‘linadi:
1.
Katta mollar;
2.
Yosh mollar.
Takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan eng katta
yoshdagi hayvonlar ona mollar va buqalar jinsiy guruhlarga bo‘linadi.
Takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan katta yoshdagi hayvonlar
boquvga quyilgan katta yoshdagi mollar guruhini tashkil etadi.
Yosh hayvonlar jinsi, yoshi bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi.


333
Hayvonlarning hisobini statistika quyidagi jinsiy-yoshi guruhlari


bo‘yicha tashkil qiladi:
- qoramollar bo‘yicha - sigir (boquvdagi sigirlarsiz), boquvdagi
sigirlar, ikki yoshdan katta g‘unojinlar (qochirilganlari va qochirilma-
ganlari bilan birgalikda), bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan urg‘ochi
tanalar, bir yoshgacha bo‘lgan buqalar, ishchi xo‘kizlar, bir yoshdan
oshgan bichilgan tanalar.
- qo‘ylar bo‘yicha - naslli qo‘chqorlar, bir yoshdan katta bo‘lgan
boshqa qo‘chqorlar va axta qo‘chqorlar, sovliqlar (ona qo‘ylar), bir
yoshdan oshgan to‘qlilar, bir yoshgacha bo‘lgan qo‘zilar.
- echkilar bo‘yicha - bir yoshdan katta bo‘lgan takalar, bir yoshdan
oshgan ona echkilar, bir yoshgacha bo‘lgan uloqlar.
- otlar bo‘yicha - nasliy ayg‘irlar uch yoshdan oshgan boshqa
ayg‘irlar va axtalangan otlar, uch yoshdan oshgan biyalar, bir yoshdan
uch yoshgacha bo‘lgan ot bolalari, bir yoshgacha bo‘lgan toylar, uch
yoshdan oshgan ishchi otlar alohida hisoblanadi.
- parrandalar bo‘yicha - har bir parranda turlari va ularning yoshi
bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda hisobga olib boriladi. Katta
yoshdagi tovuqlardan ona tovuqlar ajratib ko‘rsatiladi. Chorva mollar
mahsuldorligining darajasi qancha me’yorda bo‘lishi ularning zotiga
ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham statistika chorva mollari zotini
ham bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganadi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin