R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Chorva mollarining takror ishlab chiqarish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə181/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226
10.2. 3. Chorva mollarining takror ishlab chiqarish 
ko‘rsatkichlari 

Bizga ma’lumki, chorvachilik mahsulotlarini hajmini ko‘paytirish


ekstensiv yo‘li chorva mollarining bosh sonini oshirishdan iboratdir.
Chorva mollarining bosh sonini oshirish uchun yil davomida buzoq olish
va boshqa turli o‘stirish jarayonlarini uzluksiz davom ettirish natijasida
amalga oshiriladi.
Chorva mollarni takror ishlab chiqarish - cheklagan (chegaralan-
gan), oddiy va kengaytirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Cheklangan (chega-
ralangan) takror ishlab chiqarish deb, chorva mollar sonining yil oxiriga
borib kamayib borishi tushuniladi. Oddiy takror ishlab chiqarish deb, yil
oxiriga borib chorva mollar sonining oldingi darajada saqlanib qolinishi
tushuniladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb, chorva mollar
sonining yil oxiriga borib oldingi darajaga nisbatan oshib ketishi tu-
shuniladi.


334
Yil davomida chorva mollar bosh soni o‘zgarib turganligi sababli


(tug‘ish, sotib olish, davlatga go‘sht sifatida sotish, nobud bo‘lishi, ki-
chik yoshdagi mollarni katta yoshdagi mollar guruhiga o‘tkazish va ho-
kazo) shu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun poda oboroti tuziladi.
Poda oboroti deb, chorva mollarining u yoki bu davrdagi harakati
tushuniladi (ko‘pincha bir yilga). Poda oboroti balans jadvali shaklida
tuzilib, yotiq chiziqda chorva mollarining guruhlari ko‘rsatilsa, tik
chiziqda esa yil boshidagi chorva mollar soni, ularning yil davomida
qabul qilinishi va chiqib ketishi, yil oxiridagi soni ko‘rsatiladi.
Poda oboroti alohida fermerlar, tumanlar, viloyatlar va respublika
bo‘yicha tuziladi. Poda oboroti rejali va hisobotli ko‘rinishda bo‘ladi.
Rejali oborot - yil boshida tuzilib rejalashtirilgan yilda chorva mollari-
ning guruhlari bo‘yicha harakati va rivojlanishi aks ettirilsa, hisobotli
oborotda esa shu chorva mollarining guruhlari bo‘yicha haqiqiy harakati
va rivojlanishi ko‘rsatilib o‘tiladi. Poda oboroti ma’lumotlarida yil oxiri-
dagi chorva mollari bosh sonini aniqlash statistikada eng asosiy
ko‘rsatkich bo‘lib, bu ko‘rstakich orqali statistika organlari chorvachilik
holati va rivojlanishini maxsus nazorat etadi. Bu ko‘rstatkich statistikada
«chorva mollarining chiqish» ko‘rsatkichi deb yuritiladi.
Shu davrda jami chorva mollar soni 434 (4798-4364) boshga yoki
9,95 (109,95-100,00)% ga oshdi. Sigirlar soni esa-80 (2432-2352)
boshga yoki 3,4 (103,40-100,00)% ga oshdi. Ikki yoshdan katta
g‘unojinlar - 260 (402-142) boshga yoki 2,8 marta oshdi, shu
jumshshdan 149 bosh chetdan sotib olish hisobiga. Shuning natijasida
bir sigirga yil oxiriga kelib 16,5 (2352:142) ikki yoshdan katta bo‘lgan
g‘unojinlar to‘g‘ri keladi, bu esa navbatida kelasi yilga sigirlar bosh
sonini oshirish imkoniyati tug‘iladi.
Endi poda oboroti balans jadvali va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar
asosida chorva mollarining ishlab chiqarish jarayonining asosiy;
ko‘rsatkichlarini tahlil etib chiqamiz.
1. Ona mollarni qochirish ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichni alohida
sigirlar uchun, ham ona sigirlar uchun, ham jami urg‘ochi mollar uchu-
naniqlash mumkin. Sigirlar uchun jami qochirilgan sigirlarni qochirish
kyerak bo‘lgan yil boshidagi sigirlar soniga bo‘linadi. Ona sigirlar
uchun; jami qochirilgan ona sigirlarni yil boshidagi qochirish kerak
bo‘lgan jami ona sigirlar soniga bo‘linib topiladi. Qochirish kerak
bo‘lgan ona sigirlar soniga yil boshidagi sigirlar va ikki yoshdan katta
bo‘lgan g‘unojinlar kiradi. Jami urg‘ochi mollar uchun, qochirish kerak
bo‘lgan jami urg‘ochi mollarni yil boshidagi jami urg‘ochi mollar soniga


335
bo‘linadi. Jami urg‘ochi mollarga yil boshidagi sigirlar, ikki yoshdan


katta bo‘lgan g‘unojinlar va bir yoshdan katta bo‘lgan qochirilgan
g‘unojinlar kiradi. Bunda, 1 yoshdan katta g‘unojinlarning faqat qoch-
prilgan qismi olinadi, chunki qolgan qismi o‘stirishga qoldiriladi va
go‘shtga topshirilib yuboriladi. Qo‘ychilikda qochirish kerak bo‘lgan
ona qo‘ylarga jami ona qo‘ylar va bir yoshdan oshgan to‘qlilar,
yilqichilikda 3 yoshdan katta bo‘lgan hamma biyalar, kiritilib
o‘rganiladi. Endi jadval ma’lumotlari asosida aniqlaymiz.
Sigirlarning qochirish foizi (ko‘rsatkichi) – 2211x100:2352=94,1%
ga teng bo‘ladi. Demak, har yuz sigirdan 94 tasi qochirilgan.
Ona sigirlarning qochirish foizi (ko‘rsatkichi)-2310x100:
(2352+142)=2310x100:2494=92,6 foizga teng bo‘ladi. Demak, har 100
ona sigirdan 93 tasi qochirilgan.
Jami urg‘ochi mollar uchun qochirish foizi (ko‘rsatkichi)-
2310x100:(2352+142+207)=2310x100:2701 =85,5 foizga teng bo‘ladi.
Demak, har 100 ta jami urg‘ochi mollardan 86 tasi qochirilgan.
Umumiy qochirish koeffitsienti bilan bir qatorda sun’iy qochirish
koffisienti ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sun’iy
qochirilgan jami urg‘ochi mollar sonini jami qochirilgan urg‘ochi mollar
soniga bo‘lib topiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida u quyi-
dagi munosabatda aniqlanadi. 1809:2310x100=78,3% ni tashkil etadi.
Jami urg‘ochi mollarni qochirish ko‘rsatkichining darajasi naslli
buqalar bilan ta’minlash darajasi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun statisti-
kada naslli buqalar bilan ta’minlash ko‘rsatkichi ham aniqlanadi. Bu
ko‘rsatkichni aniqlash uchun qochirish mumkin bo‘lgan kontingent
sonini naslli buqalar soniga bo‘linib topiladi. Ammo shuni esdan chiqar-
maslik kerakki, bu ko‘rsatkichni aniqlash paytida qochirish mumkin
bo‘lgan umumiy kontingentdan sun’iy qochirish uchun belgilangan
kontingentni topib olib, ularning farqi sun’iy buqalar soniga bo‘lish yo‘li
bilan bu ko‘rsatkich aniqlanadi. U quyidagi munosabatda ifodalanadi:
(2701-1809):11=892:11=81(bosh)ga teng bo‘ladi.
2. Chorva mollaridan bola olish koeffitsienti (ko‘rsatkichi). Chorva
mollarini takror ishlab chiqarishini ifodalashda chorva mollaridan bola
olish eng muhim nisbiy ko‘rsatkich miqdori bo‘lib hisoblanadi. Bu
asosiy ko‘rsatkichni jami olingan buzoqlarni jami ona mollarga nisbatan
aniqlanish mumkin.


336
16-jadval


Tuman bo‘yicha chorva mollarining poda harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (2012 yil)
Kirim, bosh
Chiqim
Yil oxiri-
da,
boshda
Davlatga
sotildi
Nasl-
chilik
xo‘jalik-
lariga
sotilishi,
boshda
Boshqa
guruh-
larga
o‘tka-
zildi,
boshda
Boshqa
sotuv-
lar va
o‘tkazil-
ganlar,
boshda
Xo’ja-
likda
so‘yil-
gani,
boshda
Chorva
mollari
guruhi
Yil
bo-
shi-
dagi,
bosh Jami
Shu jumla-
dan buzoq
olish va
boshqa gu-
ruhlardan
o‘tkazish Bosh-
da
Tirik
vazn-
da, s
No-
bud
bo‘l-
gan-
lari,
bosh-
da
Kamo-
mad va
o‘g‘irla-
nishi,
boshda

1. Sigirlar


2352 425
425
236 1168
-
84
-
25
-
-
2432
2. Ishchi
ho‘kizlar
11 4
3
5 38 3
-
-
- - -
7
3. Ikki yosh-
dan katta
bo‘lgan
g‘unojinlar
142 705
557
10 41
-
425
-
8 2
-
402
4. Oldingi
yillarda
tug‘ilgan
yosh buzo-
qlar va bo‘r-
doqiga quyi-
lgan mollar

1830
*

84

84
403 1306 190


560
14
94 3
1
649**


337
5. Hisobot


yilida
tug‘ilgan
yosh buzo-
qlar
- 2362 2362 642 768 161
-
- 253 11 2
1293
6. Ishchi
hayvonlar
29 -
-
14 98 -
-
-
- - -
15
Jami chorva
mollari soni
4364 3580
3431
1310 3419 354
1069
14
380 16
3
4798


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin