R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə178/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226
10.2. CHORVACHILIK STATISTIKASI 
10.2.1. Chorvachilik statistikasining vazifalari 

Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, uning


tarkibiga qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, quyonchilik, pilla-
chilik va boshqa chorva tarmoqlari kiradi.
Chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish uchun, eng avvalo, yem-
xashak bazasini yaxshilash, genetika va seleksiyada erishilgan yutuq-
lardan keng foydalanish, biologik uslublarni keng qo‘llash hamda poda
tarkibini yaxshilash zarurdir.
Shuning uchun ham statistika, eng avvalo, chorvachilik moddiy-
texnika bazasining ahvoli va rivojlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni
o‘rganib chiqadi.
Bu turdagi ko‘rsatkichlarga: chorvachilikning yem-xashak, mol-
xona, texnik vositalar, ishchi kuchi, yuqori malakali mutaxassislar va
boshqalar bilan ta’minlash kirsa, chorvachilikning rivojlanishini tav-
siflovchi ko‘rsatkichlarga esa-chorva mollari soni; podaning tarkibi;
chorva mollarini takror ishlab chiqarish va ularning harakati; chorva
mollarining mahsuldorligi; zoomuxandislik tadbirlar majmuasi kiradi.


329
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida mehnat unumdorligi, mah-


sulot tannarxi, olingan foyda, rentabellik darajasi va shu kabi iqtisodiy
ko‘rsatkichlar ham katta ta’sir etadi.
Shu boisdan statistika fani ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichlarni chorva-
chilikning moddiy-texnika bazasining ahvolini va rivojlanishini ifoda-
lovchi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda o‘rganib, chorvachi-
likni yanada rivojlanishi va uning iqtisodiy samarasini oshirish imkoniy-
atlarini (rezervlarini) topishda muhim ilmiy-nazorat vazifalarini baja-
radi.
Demak, chorvachilik oldida turgan vazifalarni hal etilishida sta-
tistika fanining roli katta bo‘lib, uning asosiy vazifalari:
1. Tarmoqning holati va rivojlanishiga tavsifnoma berish;
2. Davlat tomonidan bajarilishini nazorat etish;
3. Chorva mollarning dinamikasini o‘rganish;
4. Chorvachilik tarmog‘i bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni
to‘plash; chorva mollarning soni va poda tarkibini o‘rganish; chorva
mollarni takror ishlab chiqarish va uning harakatini hamda ozuqa
bazasining ahvolini o‘rganish;
5. Chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish imkoniyatlarini
(rezyervlarni) qidirib topish kabilardan iboratdir.
Ushbu vazifalarni bajarishda iqtisodiy adabiyotlarda foydalaniladi-
gan taqqoslash, guruhlash, monografik tadqiqot usullaridan mustaqil
ravishda foydalaniladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin