R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


IRR > CC  Rentabellik indeksi  PI > 1



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

IRR > CC 
Rentabellik indeksi 
PI > 1 
Diskontlangan o‘z-o‘zini qoplash muddati 
DPP → min 
Investisiya loyihasini shakllantirishda mavjud bo‘lgan muqobil variantlardan 
yaxshisi(maqubli)ni tanlash samarali qaror qabul qilish juda murakkab masala 
hisoblanadi. Ayrim hollarda investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini 
yuqorida ko‘rib chiqilgan mezonlar asosida baholashda ularni rejaga kiritishning 
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida butunlay qarama-qarshi bo‘lgan xulosalar kelib 
chiqishi mumkin. Masalan, RR va ARR ko‘rsatkichlariga bo‘yicha yaxshi 
(maqbul) deb hisoblangan loyiha, NPV, PI va IRR ko‘rsatkichlariga muvofiq 
samarasiz deb rad qilinishi mumkin. Bu holda quyidagi tavsiyalarni qo‘llash 
maqsadga muvofiq. 
Birinchidan, 
ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum o‘zaro bog‘liqliklar mavjud 
bo‘lib, ular kompleks baholashda hisobga olinishi zarur:
agar NPV > 0 bo‘lsa, IRR > CC; PI > 1 bo‘ladi;
agar NPV < 0 bo‘lsa, IRR < CC; PI < 1 bo‘ladi;
agar NPV = 0 bo‘lsa, IRR = CC; PI = 1 bo‘ladi.
Ikkinchidan,
korxona strategiyasi nuqtai nazaridan eng muhim, bitta 
ko‘rsatkich tanlanishi va u bitta loyihani tanlashni belgilab berishi lozim.
Uchinchidan
, zarur axborotlarni jalb qilish asosida investisiya siyosatining 


283 
talablarini aks ettiradigan, qo‘shimcha mezonlarni shakllantirish zarur.
Shunday qilib, investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini 
baholashda yuqorida bayon etilgan metodlardan malakali foydalanish va 
samaradorlik mezonlarini aniq belgilash muqobil loyihalardan eng maqbulini 
tanlash hamda amalga oshirishga yordam beradi. Ta’kidlash joizki, investisiyalar 
samaradorligini baholashning statik metodlari obyektni umumiy holda tavsiflaydi, 
dinamik metodlar esa investisiyalarning muhim o‘lcham (mezon)larini aniqroq 
baholashga imkon yaratadi. Kuchli globallashuv va keskin raqobat sharoitida 
ushbu ko‘rsatkichlarni investisiyalash davri nisbatan qisqa bo‘lgan loyihalar uchun 
qo‘llash yaxshi samara beradi. 
Shuningdek, tashqi omillar bilan birga, investisiya loyihalarining 
samaradorligini baholashga ichki omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ichki omillar ta’siri 
asosan kelgusidagi pul tushumlarini prognozlashda, ya’ni ularning qay darajada 
aniqligida namoyon bo‘ladi. Samaradorlik ko‘rsatkichlari investisiyalarni ko‘proq 
moliyaviy jihatdan tavsiflaydi va olinadigan daromadlar bilan sabab-oqibatli 
aloqadorligini ochib bermaydi. Muhimi, ushbu ko‘rsatkich (koeffitsiyent)larni 
hisob-kitob qilishning soddaligi va tahlilning dastlabki bosqichlaridayoq samarasiz 
loyihalarni aniqlash hamda rejadan chiqarib tashlashga imkon beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin