246
Dastlabki qiymatini shakllantirish
Nomoddiy aktivlarni olish manbalari:
Sotib
olish
Inventa
rizatsi-
yada
oshiq-
cha
chiqish
Korxo-
nada
ishlab
chiqa-
rish
Te-
kin-
ga
olish
Ustav
kapi-
taliga
ulush
1. Haqiqiy xarid bahosi va foydalanish
holatiga keltirish xarajatlari
X
2. Inventarizatsiya paytidagi bozor ba-
hosi bo‘yicha
X
3. Haqiqiy
ishlab chiqarish tannarxi
bo‘yicha
X
4. Bozor bahosi va ishga tushirish xa-
rajatlari bo‘yicha
X
5. Ustav va ta’sis shartnomasiga mu-
vofiq
X
9.5. Tayyor mahsulotlarni baholash
Buxgalteriya hisobida va balansda tayyor
mahsulotlarni baholash
haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxini faqat hisobot davri (oyi)
tugaganidan so‘ng hisoblash mumkin. Mahsulotlar harakati esa – har
kuni sodir bo‘ladi (ishlab chiqarish, jo‘natish, sotish va h.k.). Shu
boisdan, joriy hisob uchun mahsulotlarni shartli baholash zarur. Tayyor
mahsulotlar harakatining joriy, har kunlik
hisobi korxona tomonidan
ishlab chiqilgan reja (normativ) tannarxi bo‘yicha yuritilishi ham
mumkin.
Hisobot davrining oxirida reja tannarx tayyor mahsulotlarning
guruhlari bo‘yicha farq summalarini aniqlash yo‘li bilan haqiqiy tannarx
darajasiga yetkaziladi. Farq summalari mahsulotlarning
hisobot davri
(oy) boshiga qoldig‘i va hisobot davri (oy) davomidagi kirimidan kelib
chiqqan holda aniqlanadi.
Farqlar korxonada yo‘l qo‘yilgan oshiqcha sarflash yoki tejashni
bildiradi va shuning uchun ham uning ishlab chiqarish natijalarini
tavsiflaydi.
247
Farqlar ham tayyor mahsulotlar harakati
aks ettirilgan schotlarga
olib boriladi. Tejalgan summalar «qizil storno», oshiqcha sarflar
summasi «qo‘shimcha yozuv» usuli bilan yoziladi.
Reja tannarxidan farq summalarini yozish («qizil storno» yoki
«qo‘shimcha yozuv») hisobot davri (oy) oxiriga sotilgan va omborda
qolgan tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini
aniqlash imkonini
beradi (9.6-rasm).
Dostları ilə paylaş: