381
hisobotlarni tuzish tartibi haqida»gi BHMSga muvofiq yuritadilar hamda
moliyaviy hisobotni soddalashtirilgan shaklda tuzadilar.
Xo‘jalik muomalalari baholanadi va ular bo‘yicha hisobotlar
O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘mda yuritiladi.
Chet el
valyutasida amalga oshiriladigan muomalalar sodir bo‘lgan kundagi,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgigangan valyuta
kursi bo‘yicha so‘mga aylantirilib hisobga olinadi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi tomonidan aniqlanadi.
23-
moddada umumlashgan
(konsolidatsiyalashgan)
moliyaviy
hisobot
ni tuzish qoidalari belgilangan bo‘lib, u xalqaro standartlarga
muvofiq amalga oshiriladi. Bunda bosh firmadan
ajralib chiqib faoliyat
qilayotgan korxonalar guruhi uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy
moddalarni tuzish va taqdim qilish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Qonunning
mazkur moddasiga muvofiq bir yoki bir necha shu’ba korxonalar, filiallar va
vakolatxonalariga ega bo‘lgan korxonalar konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobot tuzadilar.
Ushbu
moddaning
talablari
vazirliklar,
idoralar
va
byudjet
tashkilotlarining yig‘ma moliyaviy hisobotiga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga
muvofiq tuziladi.
Bosh korxonaning shu’ba korxonalariga qo‘shgan
hissalari uning
moliyaviy hisobotida moliyaviy qo‘yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik
shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini,
ularning balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda tegishli yuridik
shaxsning konsolidatsiyalashgan hisobotiga kiritish sharti bilan mustaqil
balansga ajratib chiqishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri
nomli 24- moddaga muvofiq 1
yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga
ega bo‘lgan
sanadan boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan sub’ektlar
uchun esa, ular tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan sanadan
boshlab, o‘sha yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb
hisoblanishi belgilangan.
Agar yuridik shaxs joriy yilning 1 oktyabridan keyin ro‘yxatga olingan
bo‘lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida
tugaydi.
382
Ro‘yxatdan o‘tishga yoki yuridik shaxs huquqini qo‘lga kiritgunga
qadar amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
birinchi hisobot yili moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisoboti soliq organlari
mulkdorlar, davlat statistika organlari va boshqa organlarga taqdim qilinadi.
Turli xil davlat muassasalari va boshqalar
uchun moliyaviy hisobotni
tuzish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlarida
bayon qilingan.
Moliyaviy hisobot yilining boshidan o‘sib boruvchi jami bilan har
chorakda, moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim
qilinadi.
Byudjet muassasalari choraklik va yillik hisobotlarni moliya vazirligi
tomonidan belgilangan muddatlarda yuqori organlarga taqdim qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga muvofiq
boshqa ayrim turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun hisobotni taqdim
qilishning boshqa muddatlari belgilanadi.
25-modda moliyaviy hisobotni taqdim etish modda moliviy hisobot
taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotdan foydalanuvchilarni belgilaydi.
Bular:
Shuningdek, ushbu moddaga muvofiq moliyaviy hisobot
Dostları ilə paylaş: