344
13-bob. BUXGALTERLIK (MOLIYAVIY) HISOBOT
Haqiqat qanday bo‘lsa, shundayligicha
aks ettirish, balki yaxshidir, ammo
haqiqatni yaratgan yaxshiroq.
Juzeppe Verdi
13.1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati
Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat
tomonidan boshqaruv
funksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari
buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muoma-lalari
to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida
umumlash-tiriladi va
guruhlangan
holda
ulardan
buxgalteriya
hisobotlariga
o‘tkaziladi.
Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot
korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati
natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi.
Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha
tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z navbatida
hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq
moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrga qadar bo‘lgan
kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun
ular yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sanadan boshlab,
yuridik shaxs
hisoblanmaydigan subyektlar uchun esa ular tegishli davlat organlarida
ro‘yxatga olingan sanadan boshlab, o‘sha yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan
davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi belgilangan.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt joriy yilning 1-oktabridan keyin
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning
31-dekabrida tugaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgungacha
amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
uning
birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.
Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo,
korxonaning o‘zi uchun zarur va muayyan korxona moliya-xo‘jalik
345
faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish kiritish bilan
bog‘liq.
Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan
foydalanuvchilarning mulklar, moliyaviy ahvol,
foyda va zararlar ahvoli
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan,
istalgan
faktlarni
ochib
berishi
lozim.
Bunday
axborotlardan
foydalanuvchilar rahbarlar, ta’sischilar, ishtirokchilar va korxona mulkining
egalari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy
barqarorlik darajasi to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital qo‘yishdan
manfaatdor bo‘lgan investorlarda ham qiziqish uyg‘otadi.
Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya hisobi
uslubiyatining asosi hisoblangan muhim tamoyillardan biridir.
Ishonchlilik
nafaqat buxgalterlik
hisobi axborotlari, balki hisobning
boshqa turlari, eng avvalo statistik hisob ma’lumotlariga asoslanadi. Ushbu
yondashuvning buzilishi biznes-reja tuzish, xo‘jalik faoliyatining turli
pog‘onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo‘qqa chiqaradi.
Ushbu talab hisobot va reja ko‘rsatkichlarining
taqqoslanuvchanligini talab
etadi.
To‘liqlik
aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish
imkonini beradi. Shu maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari
Hisobotning ahamiyati – uning:
ishonchliligi
to‘liqligi
o‘z vaqtidaligi
tekshiruvchanligi
oddiyligi
taqqoslanuvchanligi
tejamliligi
e’lon qilinishi
Qat’iy belgilangan tartibda
rasmiylashtirilishi
Dostları ilə paylaş: