R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
men flash-gipotQzaga 
asoslangan 
segmentlashning 
bilvosita 
usuli bo'lib, ijtimoiy-demografik profillaming turli-tumanligini 
iste’molchilaming 
qo'llab-quvvatlashlarida aniqlaydi. 
Ijtimoiy- 
demografik segmentlashning bir muncha o'zgaruvchan qo'llanuvchi 
segmentlashiga joylashish, jins, yosh, daromad, jamoat qatlami va 
boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish-texnik maqsadidagi mahsulotlar bozorlaridagi 
segmentlar xaridor faoliyati ko'lamiga, tarmoq tasnifi, jug'rofiy 
ahvoli, tashkilot faoliyati xarakteri, sotib olishni tashkil qilish
85


xususiyatiga (yetkazib berish muddati, tezligi, hisob-kitob shartlari va 
to'lov usullariga) asoslanadi. Bozor segmentlari bevosita xaridorlar, 
vositachi xaridorlar va pirovard foydalanuvchiga mos ravishda 
amalga oshiriladi.
N af bo‘yicha segmentlash odamlaming qadrlar tizimidagi turli- 
tumanligida qayd etiladi.
Marketingni boshqarishda xaridorlami segmentga bo‘lish haqiqiy 
mijozlami tanlashga yordam beradi. Korxona xaridor segmentlarini 
yaxshi o‘rganib chiqqandan so‘ng segmentni, bozomi tanlash vazifasi 
turadi. Marketingda bozomi tanlashning 4 xil usuli mavjud bo‘lib, 
ular quyidagicha:
1. Umumlashtirilgan marketing.
2. Tabaqalashtirilgan marketing.
3. Markazlashgan marketing.
4. Diversifikatsiya.
Umumlashtirilgan 
marketing 
deganda 
bozorning 
hamma 
segmentlari uchun yagona umumiy tadbirlami ishlab chiqish va uni 
amalga oshirish tushuniladi. Bu strategiyadan asosan juda mashhur 
tovar markasiga ega bo‘lgan firmalar foydalanadi.
Tabaqalashgan marketingda tovar va marketing tadbirlari 
ayrim bozor segmentlariga moslashtirilgan bo‘ladi. Bu marketing 
strategiyasidan 
asosan 
ommaviy 
iste’mol 
buyumlari 
ishlab 
chiqariladigan firmalar foydalanadi.
Markazlashgan marketing faqat bitta bozor segmenti uchun tovar 
ishlab chiqarilgandagina foydalaniladi. Bu marketing strategiyasidan 
asosan alohida xususiyatga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarganda, 
chegaralangan mablag‘ga va imkoniyatga ega bo‘lgan firmalargina 
foydalanadi. Bunda sotish hajmi juda yuqori bo‘lmaydi, lekin firma 
bozorda yaxshi joylashib oladi.
Diversifikatsiya-marketing strategiyalarining eng zamonaviy 
usullaridan bo‘lib, bir necha tarmoqlarda bir-ikki segment uchun tovar 
va marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Ushbu
86


marketing strategiyalarini tanlashda quyidagi omillar nazarda tutiladi: 
tovaming turi; firmaning o‘lchami (katta-kichikligi); bozordagi o‘mi; 
mablag‘lari; bozordagi raqobatchilaming o'm i; tovar markasining 
mashhurligi.
6.4. M A R K E T IN G S A M A R A D O R L IG IN I T A H L I L E T IS H
Tashkilotning mulk shaklidan qat’i nazar faoliyatini tahlil qilish 
strategik marketing bilan boshlanib, joriy (taktik) marketing bilan 
tugallanishi lozim. Marketing samaradorligining tahlilini quyidagi 
ketma-ketlikda amalga oshirish zarur:
a) aniq tashkilotda marketing samaradorligini tahlil etish uslu- 
biyatini ishlab chiqish;
b) marketing samaradorligini tahlil etish, marketing xizmati 
tuzilmasi va boshqalar bo'yicha ishlami olib borish borasida 
tashkilot rahbarining buyrug'ini chiqarish;
v) marketing xizmati tuzilmasini shakllantirish;
g) axborot marketingi xizmati markazini yoki butun tashkilotni 
tuzish;
d) tashkilot tuzilmasining marketing konsepsiyasiga mosligi 
mezonlarini baholash va tahlil etish, ma’lumotlar yig'ish;
e) boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarining marketing 
konsepsiyasiga mosligi mezonlarini baholash va tahlil etish, 
ma’lumotlar yig'ish;
j) tashkilotda marketing samaradorligi ko'rsatkichlarini tahlil 
etish va hisoblash, ma’lumotlar yig‘ish;
z) tashkilotda aniq davrga mo'ljallab marketing samaradorligini 
oshirish dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va kelishish;
i) dastumi joriy qilishni tashkil etish;
k) dastumi joriy etishni rag'batlantirish.
Marketing samaradorligini tahlil etish uslubiyati yuqorida qayd 
etilgan bosqichlardan kelib chiqqan holda quyidagicha namoyon 
bo'ladi:
1. Umumiy holat.


2. Tashkilot marketing xizmatining tuzilmasi, funksiyasi va 
vazifalari.
3. Marketing xizmati axborot markazining tuzilmasi, funksiyasi 
va vazifalari.
4. Ekspert guruhini shakllantirish va uning ishini tashkil etish;
5. Marketing konsepsiyasiga tashkiliy strukturaning muvo- 
fiqliligi mezonlarining tarkibi, ularni baholash va tahlil 
etish.
6. Tashkilotda boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarining 
marketing konsepsiyasiga mosligi mezonlarining tarkibi, 
ulami baholash va tahlil etish.
7. Marketing samaradorligini baholash va tahlil etish tartibi.
8. Marketing samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish
tasdiqlash va kelishish tartibi.
9. Marketing samaradorligini oshirish dasturini joriy etishni 
tashkil etish.
10. Marketing samaradorligini oshirishni rag'batlantirish.
11. Ilova.
Ekspert guruhini menejment, marketing, iqtisodiyot va texnikani 
biladigan 5-7 nafar yuqori malakali mutaxassislardan shakllantirish 
tavsiya qilinadi. Ushbu guruhga iloji boricha tashqaridan bir-ikki 
mutaxassis va o ‘z tashkilotidan yuqori bo‘g‘indagi bosh mutaxassislar 
kiritilgani ma’qul.
Umuman marketing samaradorligini oshirish bo'yicha dastumi 
joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar tashkilot faoliyati samaradorligining 
quyidagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga olib kelishi mumkin:
• 
umuman tashkilot bo'yicha, shuningdek, ayrim tovarlar va 
bozorlar bo'yicha foyda;
• 
tovarlar va bozorlar turlari bo'yicha sotuv rentabelligi
tovarlar turlari bo'yicha bozor ulushi; 
tashkilotning faoliyat yuritish barqarorligi.
• 
ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, texnik samaradorlikning boshqa 
ko'rsatkichlari.


Tayanch iboralar: marketing, marketing tadqiqotlari, mar­
keting xizmati vazifalari va funksiyalari, strategik marketing va 
strategik rejalashtirish, reklama, bozomi segmentlash, marketing 
samaradorligi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Marketing tadqiqotlari tamoyillariga nimalar kiradi?
2. Reklamaning asosiy vazifasiga nimalar kiradi?
3. Reklama bajaradigan maqsadlarining o'zaro bog'liqliklarini nechta 
guruhga aj'ratish mumkin?
4. Bozorni segmentlash deb nimaga aytiladi?
5. Ijtimoiy-demografik segmentlash nimaga asoslanib amalga oshi­
riladi?
6. Marketingda bozorni tanlashning necha xil usuli mavjud?
7. Firmaning strategiyasi qaysi bosqichda shakllantiriladi?
8. Marketing samaradorligining tahlilini qanday ketma-ketlikda amalga 
oshirish zarur?
9. Marketing samaradorligini tahlil etish uslubiyati qanday bosqichlarni 
o'z ichiga oladi?
10. Marketing samaradorligini oshirish dasturini joriy etish bo'yicha chora- 
tadbirlar tashkilot faoliyati samaradorligining qanday ko'rsatkichlarini 
yaxshilashga olib kelishi mumkin?


V II B O B . IS H L A B C H IQ A R IS H M E N E J M E N T I 
S A M A R A D O R L IG IN I B A H O L A S H
7.1. B O S H Q A R U V T I Z I M I N I N G IQ T IS O D IY
S A M A R A D O R L IG IN I B A H O L A S H
Hozir barchamizning oldimizda Respublikani qisqa vaqt ichida 
jahon bozoriga olib chiqish vazifasi turibdi. Buning uchun ijtimoiy 
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, boshqaruv apparati 
faoliyatini yakuniy natijalarga, bozor va mahsulot iste’molchilarining 
ehtiyojlarini to‘la qondirishga yo‘naltirish zarur.
Ma’lumki, mehnat unumdorligini oshirmasdan, mehnat va 
ishlab chiqarish intizomini mustahkamlamasdan, rahbar xodimlar va 
mutaxassislaming mas’uliyatini oshirmasdan turib ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirib bo‘lmaydi.
Bugun besh, o ‘n yil oldinga nazar tashlar ekanmiz, bozor 
munosabatlarining poydevori aynan yaqin yillarda barpo etilishini 
unutmasligimiz kerak.
Samaradorlik keng ma’noda ishning unumdorligi, ya’ni qo‘yilgan 
maqsadga minimal sarf-xarajatlar bilan erishishni tavsiflovchi 
tushuncha hisoblanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi deganda foydali yakuniy natija- 
laming ishlatiladigan yoki ishlatilgan resurslar hajmiga nisbati 
tushuniladi. Buni quyidagicha ifoda etish mumkin:
£
_
D j-balans daromadi

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin