Rahbar tahliliy faoliyatining bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida kuchayib ketgan yana bir alohida belgisi — korxona yoki boshqa obyekt ishlab chiqarish va x o ‘jalik faoliyatining samaradorligiga t o ‘g ‘ri baho berish zarurligidir. Samaradorlik — olingan natijalar bilan ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatidir. Iqtisodiy tahlilda, firmaning balans tizimi keltirilib, undagi aktivlar va kapitallar konkret raqamlarda ifodalangandan so‘ng, korxona oladigan foydasi aniqlanadi, chunki bozor islohotlari sharoitida zarar bilan ishlash firmani bankrot boiishiga olib keladi. Zararsiz ishlash tahlili firma oladigan foyda va xarajatlar tahlili orqali olinadi. B u b o b d a u c h r a y d ig a n a s o s iy t u s h u n c h a l a r
Kommunikatsiya — muloqot, boshqarishda aloqa o ‘matish. Operativ — tezlik va mahorat bilan boshqarish, qaror qabul qilish. Konsalting — firmalaming tashqi iqtisodiy faoliyati, savdo-sotiq b o‘yicha maslahat berish faoliyati. Kontur — narsaning tashqi ko‘rinishi. Evristik — nazariy tekshirishda yangiliklarni kashf etish jarayonida qo‘llaniladigan mantiqiy usullar. Impulsiv — qonuniyatlarga asoslangan ichki hissiyot tufayli harakatga keltirish. Inert — faoliyatsizlik, harakatsizlik yoki harakatni saqlash, davom ettirmaslik. Stereotip — bir xildagi tez qabul qilinadigan qarorlar. Diagnostik — nosozlik, rejadan og‘ishlami aniqlash usullari. Protsedurogramma — qaror qabul qilish jarayoni dasturi. I l l b o b y a k u n i b o ‘y ic h a n a z o r a t s a v o lla r i
1. Boshqarish qarorlarining qanday turlari mavjud? 2. Qaror qabul qilish usullariga ta’rif bering. 3. Qaror qabul qilish qanday bosqichlarga b oiin ad i, ulaming mohiyatini ta’riflang.