uchlarni) ta’sirlaydi. Hosil bo‘lgan qo‘zg ‘alish afferent (markazga intiluvchi nerv tolalari orqali uzunchoq miyadagi shira ajralish markaziga beriladi. Markaziy javob reaksiyasi adashgan nervning efferent (markazdan qochuvchi) tolalari orqali m e’da devoridagi hujayralarga beradi va ular borligini ta’minlydi. Oqibatda shira ajralish ro‘yobga chiqadi. Shira ajralishida reflektor fazaning mavjudligini dastlab I. P. Pavlov Shumovo-Simanovskaya hamkorligida itlarda “Y olg‘ondakam oziqlantirish” usuli yordamida isbotlagan. Bu usul yordamida operatsiya qilingan it oziqlantirilganda, ozuqa bevosita m e’daga tushmasligini bilamiz. Bas shynday ekan, bunday itga ozuqa berilganda m e’dasidan shira ajralishi faqat hozir aytilgan reflektor hodisa bilangina tushintirish mumkin, xalos. Shira ajratishning sekretor nervi adashgan nervdir. Buni adashgan nervni kesib, qo‘yish bilan isbotlasa bo‘ladi. Agar “Y olg‘ondakam oziqlantirilayotgan” it adashgan nerv tolasi kesib, ozuqlantirilsa, m e’dasi shira ajratmaydi. Bu nervning m e’daga y o ‘nalgan uchi elektr to‘ki bilan ta’sirlanganda esa shira ajralishi yana tiklanadi. Demak, adashgan nerv haqiqatan ham m e’dadan shira ajratish reflekisining markazidan qochuvchi, m e’da devorida joylashgan bez hujayralarining sekretor nervidir. Adashgan nerv bilan birgalikda simpatik nerv ham shira ajralishida ishtirok etadi. Tajribalarda simpatik nervning kesib qo‘yilishi shira ajralishining susayishiga olib kelgan. Binobarin, simpatik nerv shira ajralishini pasaytiradi. Shiraning ajralib chiqishida m e’da shilliq pardasidagi retseptorlaming qo‘zg‘alishi ham ma’lum