jarayonlarining yaxshi kechishida katta ahamiyatga ega. U m e’da devorini turli ta’sirotlardan saqlaydi. Jumladan, dag‘al ozuqalami ho‘llab, yumshatadi, shu tariqa m e’da devoriga k o‘rsatadigan ta’sirini kamaytiradi, kislota va boshqa zararli moddalami suyultirib, zararsizlantiradi. M e’da shirasining tarkibida faol proteolitik ferment -pepsin bo‘lsada, m e’da devorining o ‘zi shu ferment ta’sirida hazm boTmaydi. Buning sababi to‘g ‘risida bir necha fikrlar bayon etilgan. Ayrim olimlar buning boisi shilimshiq va himoya - to‘siq xususiyatlari tufayli m e’da devori saqlanib qoladi, deb hisoblasa, boshqalari m e’da devori bo‘ylab oqayotgan qonning ishqoriy muhitga egaligi pepsin faolligini pasaytiradi, deb tushuntiradilar. Keyingi paytlarda m e’da devorida antipepsin hosil bo‘lib turadi, degan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 173
ME’DADA SHIRANING AJRALISHI It m e’dasida shira vaqti-vaqti bilan ozuqa iste’mol qilganda ajraladi. Shira ajratmasining qonuniyatlari dastlab I.P.Pavlov laboratoriyasida har tomonlama o'rganilgan. M e’da bezlaridan shira neyrogumoral sistema ishtirokida ajralib chiqadi. Bunda u a w a l faqat nerv tizimi ishtirokida so ‘ngra, esa gumoral va nerv sistemalarining chambarchas hamkorligida ajraladi. Shu sababli shira ajralishida ikki faza: nerv ya’ni murakkab reflektor faza va gumoral - neyro-kimyoviy faza tafovut qilinadi. Reflektor faza hazmlash qobiliyati kuchli, fementativ va kislotali xususiyatlari yuqori b o iga n m e’da shirasining asosiy qismi reflektor y o ‘li bilan anashu fazada ajraladi. Shira ajralish refleksi qo‘ydagicha amalga oshadi. Og‘izga tushgan ozuqa og‘iz bo‘shlig‘idagi retseptorlami (nerv