yana bir omil m e’daning doimo belgili maromda harakat qilib turishi, ya’ni m e’da motorikasidir. M e’da motorikasini organish uchun bir qator usullar bor. Masalan, hayvon m e’dasiga yupqa rezin balonchalar yuborib, uni havo bilan shishirilgandan keyin ikkinchi uchini monometr va yozuvchi peroga tutashtirish va shu tariqa m e’da grafik ravishda kimograf asbobi bilan yozib olish mumkin. Bundan tashqari m e’da rentgen apparatida kuzatsa ham bo‘ladi. Hozirgi vaqtda katta hayvonlar m e’dasini masafadan turib, axborot olishga imkon beradigan radiotelicmetrik moslamalar ham yaratilgan. M e’daning devoridagi muskullar faoliyati tufayli royobga chiqadi. Jumladan m e’da motorikasi uning devorida uzunasiga, qiyshiq va doira bo‘lib joylashgan muskullaming vaqt-vaqti bilan qisqarib bo'shashib turishiga bog‘liq. Doirasimon (halqasimon) muskullar m e’da pilorusida ikkita sfinktemi ya’ni m e’da tubi bilan pilorusi oralig‘idagi pilorus oldi sfmkteri va pilorisdan keyingi yani o ‘n ikki barmoqli ichakka chiqish joyidagi pilorus sfmkterini hosil qiladi. Bu sfmkterlar ozuqaning m e’dadan ichakka o ‘tishini boshqarib turadi. M e’da ichi bo‘sh turgan paytda (ochlik davrida) devorlari bir-biriga tekkan kardial teshigi yopiq, pilorus sfmkteri ochiq bo‘ladi. Yutilgan ozuqa qizilo‘ngachdan kelaturib, reflektor ravishda kardial sfinktemi ochadi, shundan keyingina ozuqa luqmasining m e’daga o ‘tishi mumkin bo‘ladi. M e’daga tushgan ozuqa luqmalari kelib tushish navbatiga qarab m e’daning tub qismida ustma-ust joylashaveradi. M e’da to‘layotganda piloris sfinkteri yopiq bo‘ladi. M e’da bir qadar to‘lgandan so ‘ng undagi ozuqa ichakka o ‘tadi. Y a’ni evakuatsiya boshlanadi.