ajratishni kuchaytiradi. Agar operatsiya tufayli m e’daning tub va pilorus qismlari o ‘zaro ajratilsa va ular fistula yordamida tashqaridan tutashtirilsa, bu vaqtda m e’daning pilorus qismiga ozuqa solinganida fundal qismi shira ajratmaydi. Shu y o ‘1 bilan operatsiya qilingan hayvon m e’dasining pilorusi yuvilib, yuvindisi qonga yuborilsa ham m e’daning tub qismi shirani ko‘p ajratadi, lekin m e’daning tub qismi yuvilib, yuvindisi qonga yuborilganida esa, pilorusi shira ajratmaydi. Bulaming hammasi haqiqatan ham m e’da pilorus qismidan ajralayotgan gastrinning m e’da tub qismidagi hujayralar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi. Gastrin ta’sirida m e’daning tub qismida gistaminni paydo b o iish i aniqlangan. Gistamin m e’da qoplama hujayralaridan xlorid kislota ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir 176
qilib, m e’da tubidagi bosh hujayralar faoliyatini bir muncha tormozlaydi
Gastrin bilan bir vaqtda adashgan nerv qo'zg'alganda ajraladigan atsetilxolin ta’sirida ham gistamin hosil bo‘ladi degan fikrlar bor. O ln ikki barmoqli ichakda va och ichakning boslang‘ich qismida hosil bo‘ladigan enterogastrin qonga so'rilib, m e’dadan xuddi gastrindek shira ajralishiga ta’sir ko‘rsatadi. Meda osti bezi, gipofiz, jinsiy bezlar, qalqonsimon bez va buyrak usti bezlarining gormonlari ham m e’dadan shira ajralishiga tegishli ravishda ta’sir qiladi. M e’da hujayralarining sekretsiyasini tezlashtiruvchi moddalar bilan bir qatorda ular faoliyatini tormozlovchi moddalar ham bor. Bular qatoriga gastrin va enterogastrin kabi biologik faol moddalar, shuningdek yog‘lar va tuzlaming turli eritmalari kiradi. Gastrin va entrogastrin polipeptiddir. Gastrin pilorusda hosil bo‘ladi, enterogastrin