ozuqa solinsa, bu vaqtda kichik m e’dadan shira taxminan 30 minutdan keyin ajrala boshlaydi. Kichik m e’da bilan katta m e’daning nerv aloqasi y o ‘qligi sababli ayni paytda shira, xilma-xil omillar ta’sirida ajraladi deyishimiz mumkin. Bu paytda shira ozuqa tarkibidagi turli kimyaviy moddalaming qonga so‘rilishi va oqibatda m e’da hujayralari faoliyatiga ta’sir qilishi tufayli ajraladi. Gumoral fazada ajralayotgan shiraning tarkibi ozuqaning xiliga, tarkibiga b ogiiq . Ajralayotgan shiraning hazm kuchi, fermentativ va kislotali xususiyatlari reflektor fazada ajralgan shiranikidan past, miqdori esa kam. Bu fazada shira ajralish mexanizmini tushuntirish bir qator munozaralarga sabab boimoqda. Ayrim olimlar qonga so‘rilayotgan moddalar hujayralar faoliyatiga bevosita kimyoviy ta’sir ko‘rsatadi deb ta’kidlasalar, boshqalari bu moddalar m e’da devoridagi nervlami ta’sirlab, o ‘z ta’sirini namoyon qiladi deb hisoblaydilar. Darhaqiqat, qonga so ‘riladigan moddalardan aksariyat qismining m e’da bez hujayralari faoliyatiga nerv tizimi orqali ta’sir ko‘rsatishi haqiqatga yaqinroq. Shu sababli shira ajralishning ikkinchi, ya’ni gumoral fazasini neyrokimyoviy faza deb atash maqsadga muvofiqdir. Neyrokimyoviy fazada shira ajratishning ro‘yobga chiishida bir qator biologik faol moddalaming roli katta. Bular qatoriga gastrin, enterogastrin, sekretin, va gistamin kiradi. Gastrin aminokislotadan tuzilgan polipeptid b o iib , m e’daning pilorus qismida faol boim agan progastrin holida hosil b o ia d i va xlorid kislota ta’sirida faol gastringa aylanadi. U shu yerdayoq qonga so‘rilib, m e’da tubidagi hujayralar faoliyatiga ta’sir qiladi va shira