ahamiyatga ega. Jumladan, m e’da devoridagi mexanoretseptorlarning ta’sirlanishi reflektor ravishda 1-2 soat davomida shira ajralib turishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Odatda, hayvon ozuqani 174
o g ‘izga olmasdan, ya’ni ozuqa og‘izga tushmasdan burun uni ko'rgam da,
hidlaganida va boshqa hollarda ham m e’dasidan shira ajrala boshlaydi. Shira ajralishida po‘stloqning ishtirok etishini: shu sababli shira ajralishi shartli refleks y o ‘li bilan ham ro‘yobga chiqishni isbotlaydi. Demak, hayvon oldin ozuqani ko‘rishi, hidlashi so ‘ngra istemol qilishi oldin po‘stloqdagi ko‘rish, hid bilish zonalarining, keyin esa soTak ajratish markazining qo‘zg ‘alishiga sabab bo‘lgan. Po‘stloqdagi markazning shu tariqa bir necha marta qo‘zg‘alishi tufayli; ular o ‘zaro funksional aloqador bo‘lib qolgan. Shunga ko‘ra, keyinchalik ozuqani ko‘rishi yoki hidlashning o ‘zi, mustaqil ravishda po‘stloqdagi shira ajralish zonasining qo‘z g ‘alishiga, bu esa uzunchoq miyadagi markazning qo‘z g ‘alishiga, natijada m e’dadan shira ajralishiga sabab bo‘lgan. Ozuqa iste’mol qilinayotgan paytda shartli ta’sirotchi bilan birgalikda ta’sir ko‘rsatishdan oldinroq ta’sir ko‘satadigan bo‘lsa shira ajralishiga olib keladigan shartli reflekslar hosil bo‘ladi. Jumladan, qo‘ng‘iroq chalish,yorug‘lik ta’sirlari va boshqalar bilan ta’sir qilib, bunday shartli reflekslami hosil qilsa bo‘ladi. Buning uchun oldin, 'qo‘ng‘iroq chalish yoki lampochka yoqish, undan so ‘ng tezlik bilan hayvonga ozuqa berish va bu tajribani shu tartibda bir necha marta takrorlash kifoyadir. Keyinchalik bu hayvon ozuqani bevosita istemol