Qisqarish muskullaming asosiy xususiyatidir. Muskul faoliyatining ikki xili farq qilinadi: izotonik va izometrik qisqarish faoliyatlari. Muskul taranglashmasdan qisqaradigan bo‘lsa, bunga izotonik faoliyat deyiladi. Bunday faoliyat muskul yuk ko‘tarmasdan qisqarganda к uzatiladi. Muskulning og‘ir yuk ta’sirida uzunligini o ‘zgartirmasdan, tarang tortib qisqarishiga izometrik faoliyat deyiladi. Izotonik va izometrik faoliyatlar maxsus tajriba sharoitidagina so f holda hosil qilinishi mumkin. Tabiiy sharoitda, organizmda bu faoliyatlar hamisha birgalikda uchraydi, ya’ni muskul ham tarangligini, ham uzunligini o ‘zgartirib turadi. Demak organizmdagi harakatlar izotonik faoliyat bilan izometrik faoliyatning birga qo‘shilishidan vujudga keladi. Muskul qisqarishini miograf asbobi yordamida qayd qilib, o ‘rganish mumkin. Shu asbobda yozib olingan egri chiziq miogramma deyiladi va muskulning qisqarishini aks ettiradi. Muskullarning qisqarishi yakka va tetanik (titroq) qisqarish tarzida o ‘tadi. Yakka qisqarish. Muskulga juda qisqa vaqt mobaynida bitta ta’sirot berilsa, u bir marta qisqaradi, yakka qisqarish deb shuni aytiladi. Muskul faoliyatini o'rganish uchun ataylab, sun'iy ravishda yakka, qisqarish hosil qilinadi. Yakka qisqarishni kimografga yozib olsak, uni ifoda etadigan egri chiziqda 3 ta: latent-yashirin (ya’ni muskulga ta’sir berilgandan to qisqarishning paydo bo‘lishigacha o ‘tgan vaqt), qisqarish va bo‘shashish davrlarini farq qilishimiz mumkin. Yakka qisqarishning umumiy davri turli organizmlarda, shuningdek, bir turdagi hayvonlarning har xil muskullarida bir xil emas. Jumladan, issiq qonli hayvonlar muskulining yakka qisqarish davri sovuq qonli hayvonlarnikidan kamroqdir. Masalan,