kislorodning yetishmasligi (gipoksemiya) sinus karotid xemoreseptorlariga ta’sir ko‘rsatib nafas olishning tezlashishiga olib keladi. Asfikasiya - nafas qisishi ikkita faza bilan tavsiflanadi. Qonda kislorod yetishmasligi va karbonat angidrid gazi miqdorining qon tarkibida ortib ketishi, birinchi fazada inspirator havo yetishmasligi va ikkinchi fazada ekspirator havo yetishmasligi yuz beradi. Asfiksiyaning birinchi fazasi katta balandliklarga chiqishda (tog‘larda, samolyotlarda) kuzatiladi. Ayrim paytlarda homilaning miyasida qon aylanishi buzilganida ham kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan bolalarda birinchi nafas olishi plasenta orqali qon aylanish to ‘xtaganidan (kindik tomirlarini bog‘lash tufayli) keyin bosh miyaning kislorod bilan ta’minlanishi buzilganidan keyin bajariladi. Shunday qilib, nafas markazi alveolyar havoda C 0 2 ni foizli miqdorining va parsial bosimining nisbatan doimiy holda saqlashi bilan birga qonda ham shu vazifani bajaradi. Bu esa nafas markazidagi neyronlami qo‘zg ‘aluvchanligini ta’minlydi. NAFAS XIMIZMI Qonda gazlardan N , 0 2, C 0 2 argonni izlari, uglerod oksidi va metan boiadi. Qon tarkibidagi azot atmosfera havosidagi uning parsial bosimiga va tana haroratiga teng b oigan suvda eruvchanligiga mos keluvchi miqdorda saqlanadi. Azotning qondagi miqdori 1,2 foizli hajmga teng, xuddi shunday sharoitda suv 0,9 hajmli foizni erita oladi. Arterial va venoz qonlarida azotning miqdori bir xil saqlanadi va nafas olishda umuman ishtirok etmaydi. Arterial qonda 18-20 hajmli foiz 0 2 va 50-52 hajmli foiz C 0 2 saqlanadi, venoz qonida esa bu ko‘rsatkichlar o ‘zaro mos holda 10-12 va 55-57 hajmli foizni tashkil etadi. Arterial qon 0 2 bilan 96% ga to‘yingan