328
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
YANGI
O‘ZBEKISTON
RIVOJIGA
TA’SIRI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
R
AQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR
Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna
O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek
filologiyasi fakulteti
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 2
-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Bugungi kunda texnologiyalardan ayro holda yashash mumkin emas. U
hayotimizning barcha jabhalarini to‘liq
qamrab oldi, desak adashmaymiz. T
exnologiyalardan,
ayniqsa raqamli texnologiyalardan turli maqsadlarda har kuni foydalanmoqdamiz. Hayotimizda
uning paydo bo‘lishi turli sohalarda turmushimizning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi:
insonlar bilan
muloqotda geografik hudud uzoqligi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, har kuni ishga borib, ofisda o‘tirib
ishlash majburiyati ozaymoqda, bank va to‘lov ishlari, hujjatlar bilan bog‘liq yumushlarni endi uyda
hal qilmoqdamiz,
onlayn kurslarda tahsil olib, uydan chiqmagan holda kasb va hunar
o‘rganmoqdamiz. Bularning
barchasi hayotimizda turli qulayliklarni yaratishi bilan birga tilimizda
ham yangi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Chunki til va texnologiyani alohida tasavvur
qilish mumkin emas. Texnologiyalarni yaratishda turli dasturlash tillaridan foydalanilsa, yaratilgan
mahsulot tilning rivojlanishiga va uning neologizmlar bilan boyishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Hozirgi
kunda jamiyatimizdagi yangi tushunchalarning barchasi eski tushunchalarning qayta nomlanishiga
sabab bo‘lmoqda va natijada lug‘at boyli
gimiz retronimlar bilan boyishda davom etmoqda. Ushbu
maqolada retronimlarning paydo bo‘lishida texnologiyaning tutgan o‘rni haqida fikr yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: