Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
farqlash e
htiyoji yuzaga keldi. Shu tariqa paydo bo‘lgan birliklar esa “retronimlar” nomi bilan 
birlashtirildi”. [3]
Tahlil va natijalar. 
Retronimlarning paydo bo‘lishida jamiyatdagi o‘zgarishlar muhim o‘rin 
tutadi. Aynan texnologiya sohasidagi yutuqlar natijasida tilimizda bir guruh retronimik qator paydo 
bo‘ldi. Bolaligimda (1990
-
yillar) uyimizda telefon bo‘lardi. Undagi qurilmani aylantirib raqam 
terish, yonimizda bo‘lmagan inson bilan gaplasha olish imkoniyati meni doim hayratga solardi. 
Yaponiyada o‘qiydigan aka
m bilan telefonda gaplashish uchun esa bir oyda bir marta tuman 
markaziga borardik. Talabalik paytimda (2000-
yillar) qo‘l telefonlari kirib keldi hayotimizga. Uni 
doim yonimizda olib yurish mumkinligi, istagan vaqtimizda boshqalar bilan suhbatlasha olishimiz 
endi biz uchun yangilik bo‘lmay qoldi. Xuddi shu holat tilda bir tushunchaning o‘zgarishiga sabab 
bo‘ldi. Biz avvaldan telefon deb ataydigan qurilmani qayta nomladik: 
uy telefoni. 
Mana shu yerda 
retronimlik xususiyat paydo bo‘ldi. 
Telefon
 
uy telefoni 
 

qo‘l telefoni
 
Dastlab bir tushunchani anglatgan 
telefon
so‘zi texnologik taraqqiyot natijasida, ya’ni 
qo‘l 
telefoni
natijasida farqlash zaruriyatiga duch keldi va bizga ma’lum 
avvalgi telefon 
uy telefoni 
atamasi bilan retronimga aylandi. 
Vaqt o‘tgani sayin telefonning takomillashuvi to‘xtamay davom etdi. “Aqlli” (smart) 
telefonlarning yaratilishi 
qo‘l telefonlari
da ham farqlash ehtiyojini yuzaga chiqardi. Endi biz uchun 
dastlabk
i qo‘l telefonlari 
tugmachali telefon. 
Bu ham navbatdagi retronim hisoblanadi.
Qo‘l telefonlarining uyali telefon deb nomlanishini ayrimlar bilmasligi mumkin. “Bugungi 
tilimiz taraqqiyoti bilan bog‘liq yana bir holat: hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun biz so‘zlashuv 
tilimizda 
uyali telefon
birikmasini hech ishlatmaymiz? Axir, yigirma yildan buyon televideniye, 
radio bu so‘zni aytaverib, gazeta va reklamalarda bu so‘zni yozaverib charchashdi
-ku! Sababi 

xalqimiz “uya” so‘zining telefonga nima aloqasi bo
rligini hanuz hazm qila olmay qabul qilmayapti. 
Bu “uyali telefon”, agar so‘z deyish mumkin bo‘lsa, rus tilidagi «сотовый
телефон» so‘zining 
so‘zma
-
so‘z tarjimasi natijasida paydo bo‘ldi. O‘sha davrda so‘z ijodkorlari bu birikmaning 
o‘zbekchasini yasashda 
«
сотовый» so‘zining lug‘at (“Ruscha
-
o‘zbekcha lug‘at”) dagi “arining 
(asalari) uyasi” ma’nosini olib, “uyali telefon” birikmasini yasashdi. Bilmadikki, tilning asosiy 
hakami 

xalq, xalq qabul qilsagina so‘z tilda yashaydi, Umri uzoq bo‘ladi”. [5]


331 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin