7-bob uchun savol va topshiriqlar 1. Kriptovalyutalar nima va ularning qanday turlari mavjud? 2. Kriptovalyutalar yordamida elektron tijorat qanday amalga oshiriladi? 3. Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi qanday bosqichlar yoki davrlardan iborat? 4. Kriptovalyutalar elektron tijoratida to’lov tizimlarining ishlatilishini qanday amalga oshiriladi? 5. Kriptovalyutalar elektron tijoratida blokcheyn texnologiyalardan foydalanish qanday amalga oshirilishini tavsiflab bering va bunga misollar keltiring. 6. Smart kontraktlar nimaligi va qanday ishlatilishini real misollar vositasida tushuntiring. 7. Elektron tijoratda qo’llaniladigan kriptovalyutalarning tarif va tavsifi misollar yordamida ta]riflab bering. 8-BOB. KRIPTOVALYUTALAR ELEKTRON TIJORAT BOZORINING RIVOJLANISHI 8.1. Elektron tijoratda ICO dan foydalanish Endi
ICO (
Initial Coin Offering – kriptovalyuta tangalarini birlamchi joylashtirish) ) nimaligi haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz. Buni
tushunish uchun attraksionlar parkini tasavvur qiling. Uning kirish qismida park
emblemasi tushirilgan jetonni harid qilasiz va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va
attraksionlar uchun u orqali to‘lovlar qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli
loyihalar (
masalan, ma’lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar ) ham xuddi ana
shunday jetonlar chiqaradilar. Ular
tanga yoki
token deb ataladi.Haridor ana
shunday token harid qilib, uning yordamida loyihaning biror-birhizmati, aytaylik,
ma’lumotlar bazasidagi o‘z saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‘lovni amalga
oshiradi. Agar bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi.
Blokcheyn-loyihalar tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qila olishi uchun