Raxmanova gulnoza annakulovna maktab matematikasini o’qitishda l-fayllar.org
2.2§ Matematik analiz asoslari fanining o’qitishning takomillashtirilgan varianti Zamon taraqqiylashgani sari har bir sohaga bo’lgan talab oshib bormoqda. Shu jumladan xalq ta’lim sohasiga qo’yilgan ta’lab va o’zgarishlarga bo’lgan ehtiyoj ham tub burilishga yuz tutmoqda. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan umumiy o‘rta ta’lim 11 yillik bo‘lganligi munosabati va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq xozirgi kunga kelib xalq ta’limi tizimida juda katta o’zgarishlar yuz bermoqda desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Sh.M.Mirziyoyevning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida quyidagi bandlar kiritib ketilgan bo‘lib, ushbu bandlarda zamonaviy kadrlar tayyorlash, yosh kreativ fikrlovchi kadrlar tayyorlab zamon bilan hamnafas holda ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishga juda katta e’tibor qaratilgan.
2017/2018 o’quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o’rta ta’lim tizimiga o’tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ni tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
Darsliklar va o’quv qo’llanmalarini tayyorlash va nashr etish bo’yicha ishlar samarasiz va o’z vaqtida moliyalashtirilmasligi kasb-hunar ta’limi tizimini yangi avlod darsliklari va o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlashda jiddiy ravishda orqada qolishga olib keldi;
uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish,darsliklarning sifatini yaxshilash, ta’lim tizimini takomillashtirish eng ustuvor vazifalardan biridir.
Shularni inobatga olib qaraydigan bo‘lsak bugunga kelib umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining oldiga juda katta vazifalar qo‘yilgandir. Ya’ni oddiy misol keltiradigan bo‘lsak matematika kursining 3- sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan dasturida kombinatorika elementlari tushunchasi kiritilgan bo‘lib, davomiyligi sifatida bu mavzu 6, 7, 9-11 sinf darsliklarida ham kiritib ketilgandir. Lekin aslini olib qaraganda bundan 10-15 yillar oldingi o‘qitish tizimida ushbu mavzu litsey va kasb-hunar kollejlari dasturiga kiritilgan bo‘lib bu litsey va kollej bitiruvchi talabalariga o‘rgatish bir muncha qiyinchilik tug‘dirganini hisobga olsak, xozirgi kunga kelib bu mavzuni 3- sinf o‘quvchisiga o‘rgatish juda murakkab masalalardan biridir.