2.UMUMIY-QISM
2.1. Detalni xizmat vazifasi.
Bizga berilgan “Qopqoq’’ detalini massasi 4.3 kg. Materiali СТАЛЬ 40X ГОСТ 4513-71. Ushbu detal disksimon detallar sinifiga mansub.
Disksimon detallar mashina va mexanizimlarlarda juda keng qo‘llaniladi. Qopqoqlar metal kesish dastgohlarining, avtomobillar va traktorlarning tezliklar qutisi, ichki yonuv dvigatellari, kompressorlar va nasoslarning bloklar silindirlar , reduktorlar qutulari hamda shunga o‘xshash boshqa mexanizmlarda podshipnik joylashgan teshiklarni berkitish, ayrim xollarda podshipniklarni ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Qopqoqlarning xizmat vazifasi podshipniklarga tayanch vazifasini bajarish bilan birga qopqoqdagi moylash suyuqligini chiqib ketmasligini ta’minlalaydi. Asosiy ish bajaruvchi yuzasi qopqoqning podshipnik turuvchi teshigi bilan birikuvchi silindirik qismi va qopqoqni sirti bilan tegib tekis yuzasidir.
1-rasm. Topshiriq sifatida berilgan “Qopqoq” detalining umumiy ko’rinishi.
Сталь 40X ning kimyoviy tarkibi (GOST 4513-71), 1.1-jadval
Po’lat markasi
|
Cr
|
Si
|
Mn
|
Cu
|
Ni
|
P
|
S
|
Сталь 40Х
|
0.8-1.1
|
0.17- 0.37
|
0.5-0.8
|
0.30
|
0.3
|
0.035
|
0.035
|
Сталь 40Х ning mexanik xossalari 1,2-jadval
Po’lat markasi
|
Mexanik xossalari
|
vg, kg/mm2
|
δB, МПа
|
δS, %
|
Ψ, %
|
dn, kg/mm2
|
HB
|
Сталь 40Х
|
29
|
470
|
15
|
40
|
8
|
197
|
2.2. Detal tuzilishining texnologikligi va uning miqdoriy ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarish ob’ekti bo’lgan mahsulot konstruksiyasini texnologikligi
quyidagi nuqtai nazarlar bo’yicha taxlil qilinadi: qo’llaniladigan materialning
ko’rinishi va turi, xom–ashyoni ko’rinishi va tayyorlash uslublari, qo’llaniladigan
ishlov berish yig’ish tayyorlash korxonasidan tashqarida montaj qilish va sinashni
texnologik usullari va ko’rinishlari, progressiv texnologik jarayonlar, shuningdek
kam mehnat va energiya sarflanadigan, chiqindisiz tipaviy texnologik
jarayonlardan foydalanganlik darajasi, jarayonlarni mexanizatsiyalash,
avtomatlashtirish imkoniyati, unifikatsiyalangan yig’ish birikmalari va detallarni
qo’llash darajasi, tayyorlovchi korxonani o’ziga xos xususiyatlari, talab qilingan
ishchilar klafikatsiyalari.
Detalning ishchi chizmasini taxlil qilishda, detalni ishchi vazifasini o’zgartirmagan holda uni tuzilishi elementlarini qisqartirish imkoniyati bor yoki yo’qligi, detal tuzilishi xom–shayo olishni ratsional usullaridan foydalanish imkoniyatini, ishlov berishda qiyinchilik tug’diradigan va maqsadga muqofiq bo’lmagan yuzalar mavjudligi aniqlanadi. Zagotovka tuzilishi va mustaxkamligi va uni unumdorligini yuqori bo’lgan ishlov berish usullaridan foydalanishni chegaralanmaydi. Materialni ishlov beriluvchanligi tig’i va obraziv asboblardan foydalanishga imkoniyati o’rganiladi. Texnologiklik va aniqlik bo’yicha taxlil texnologik jarayon marshrutini tuzish dastgohlarni nazorat ishlarini aniqlashga negiz bo’lib qoladi.
Detal konstrutsiyasini texnologikligi-konstrutsiyasini shunday xossalari yig’indisiki bunda bir xil sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan bir xil sharoitda tayyorlangan va ekspluatatsiya qilinadigan o’xshash konstruksiyasiga ega bo’lgan maxsulotga nisbatan yanada samarador texnologiyalar bilan ishlov berish, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish imkoniyatini beradi. Detalni texnologilikka taxlil qilish ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni muxim masalasidir.
Bajarilgan taxlil quyidagi koeffitsentni aniqlashga imkon beradi.
Ishlov berish aniqligi koeffitsenti.
= 1 -
Bu yerda: - barcha o’lcham aniqliklarining o’rta arifmetigi va u quyidagicha aniqlanadi:
=
= 1 - =0.88
Yuza g’adir budurligi koeffitsenti:
;
Bu yerda
=
Bajarilgan taxlil yig’uv birikmaning berilgan detalni To‘g‘ri loyihalashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |