Reja: Bozor konyunkturasi haqida tushuncha, bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari



Yüklə 31,7 Kb.
səhifə2/6
tarix20.05.2023
ölçüsü31,7 Kb.
#118274
1   2   3   4   5   6
bozor konyukturasini tadqiq etish Ozoda Do\'squlova atrabotka

Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori, deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmuyi tushuniladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Davlat tashkilotlari bozori, deganda esa o‘z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.
Bozorni topish, tanlash, ularning talablarini bilish uchun bozor tushunchalari mohiyatini yaxshi bilish zarur. «Bozor» tushunchasi baho yordamida resurslar taqsimlanishini tahlil qilishda markaziy o‘rinda turadi.
Bozortovarlarni realizatsiya qilish, ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Tovar munosabatlari tizimida markaziy elementlardan biri bo‘lgan bozor ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida mustaqil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni belgilashning hal qiluvchi vositasi bo‘lib yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa, bozor esa undan ancha ilgari yuzaga kelgan.
Bozor – xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish uchun to‘planadigan maxsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi va vositachilar yoki makler (dallol)lar orqali harakat qiladi. Xaridor bilan sotuvchilarning uchrashish yo‘llari, shakllari ko‘p. Ularning uchrashishida yoki bozor munosabatlarida baho mexanizmi markaziy o‘rinda turadi, u talab va taklifni muvozanatga keltiradi. Talab va taklifning o‘zaro ta’siri, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish bu uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda ishtirok etuvchi iqtisodiy kategoriyalarning asosiysi quyidagilardir.
EHTIYOJ – inson tomonidan biror–bir narsaning yetishmovchiligini his etish tuyg‘usidir.
ZARURAT – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy, milliy, estetik, geografik joylashuvi va boshqa omillarning ta’siri asosida shakllanuvchi xohishidir. Xohish cheksiz bo‘lishi mumkin, lekin bu xohishni qondirish uchun pul mablag‘lari zarur. Shuning uchun inson o‘zi uchun eng muhim bo‘lgan xohishini qondirishga intiladi.

Yüklə 31,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin