Reja: Bozor konyunkturasi haqida tushuncha, bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari


TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo‘lgan ehtiyojini pul bilan ta’minlab qondirilishidir. XARID



Yüklə 31,7 Kb.
səhifə3/6
tarix20.05.2023
ölçüsü31,7 Kb.
#118274
1   2   3   4   5   6
bozor konyukturasini tadqiq etish Ozoda Do\'squlova atrabotka

TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo‘lgan ehtiyojini pul bilan ta’minlab qondirilishidir.
XARID – bozorda ma’lum tovar yoki xizmatni sotib olish jarayoni. Bu jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga oshiriladi.
BITIM – ikki tomon o‘rtasida ular uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatni sotish va sotib olish operatsiyasidir.
AYIRBOSHLASH – ikki tomon o‘rtasida ular uchun kerak bo‘lgan narsani ikkinchi tomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo operatsiyasini o‘tkazishga aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna kartoshkani ayirboshlash.
Bozorning umumiy holatini o‘rganish zamonaviy marketing tamoyillaridan biridir. Bozorni o‘rganishdan asosiy maqsad mavjud vaziyatda uning holatiga (konyunkturasiga) baho berish va bozorning rivojlanish istiqbolini, prognozini ishlab chiqishdan iborat. Marketing faoliyatida bozorni o‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat masalasini, ijtimoiy mahsulotni bozor konyunkturasiga bog‘liqligini birinchi bor klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchi olim Jan Batist Sey o‘rgangan edi. Bozorni kompleks o‘rganish bozor konyunkturasini tahlil qilish, bozor sig‘imini aniqlash va uni bozor “ishtirokchilari” (o‘yinchilari) orasidagi ulushlarga bo‘lishni, ehtiyojlar, xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini modellashtirishni, aniq muhitni o‘rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx, savdo va ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Bozor konyunkturasi – ma’lum davrda shakllangan bozor holati (baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.lar).
Bozor konyunkturasi – ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi. Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanat(talab va taklifning bir-biriga nisbati)ning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra bozor konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Uning yechimi bo‘yicha tanqidiy fikrlarning berilishi ham ma’qullanadi.

Yüklə 31,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin