11-rasm.
Bo’luvchi aylana bo’ylab tish aylanma qalinligi st, aylanma botiqlik qalinligi et qo’yib chiqiladi. Bu yerda quyidagi tenglik o’rinli bo’ladi:
st=et=0,5pt Tishli g’ildirakning asosiy parametrlaridan biri modul hisoblanadi:
m=pt/ π bu yerda, pt — ilashish qadami, bo’luvchi aylana yoyi bo’yicha ikki qo’shni tishlar orasidan o’lchab olingan yoy uzunligi, mm; π =3,14— o’zgarmas son.
Tishli g’ildirak tishlarining mustahkamligini va yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida, ayniqsa tishlar soni kam bo’lganda, evolventa tishli ilashma tishlari korrigirlash (to’g’rilash) qo’llaniladi (11-rasm, b).
Tishli uzatmalardan tishlar soni kam bо‘lgan g‘ildirak yoki tishlar soni bir xil bо‘lganda yetakchi g‘ildirak shesternya hisoblanadi.
Silindrik tishli g‘ildiraklar GOST 2. 403-75 bо‘yicha tayyorlanadi. Tishli g‘ildiraklarni chizish uchun uning moduli m, tishlar soni z berilgan bо‘lib, qolgan parametrlarining о‘lchamlari modul mga nisbatan hisoblab chiziladi:
tish kallagining balandligi – ha=m; tish oyog‘ining balandligi – hf=1,25m; tishning umumiy balandligi – h=ha+hf=2,25m; tishli g‘ildirakning boshlang‘ich yoki bо‘luvchi aylana diametri – d=mz; tish cho’qqilarining diametri– da=d+2ha=m(z+2); botiqlik diametri – df=d–2hf=m(z–2,5); aylanma qadam – pt= πm; tishning aylanma qalinligi – st= 0,5pt = 0,5 π m; botiqlikning aylanma eni – et=0,5pt = 0,5π m; tishning o’tish egri chizig’ining egrilik radiusi – ρt= 0,4m; modul – m; tishlar soni – z;
tishli g‘ildirakning eni – b=(6÷8)m; tish gardishining qalinligi – e =(2,5÷3)m; gupchakning tashqi diametri – dst=(1,6÷1,8) DB; g‘ildirak diskining qalinligi – k =(3÷3,6) m; gardishning ichki diametri – Dk=df–2e ;
g‘ildirak diskidagi yengillatish aylanalar markazi diametri – D1=0,5(Dk + dst); yengillatish texnologik aylanalari diametri –Do=(Dk– dst)/(2,5÷3);gupchakning uzunligi – Lst=1,5DByoki Lst=1,1b;
0
faska – c=0,5 m× 45 ;
val о‘rnatiladigan teshik diametri –dv≈1/6d; SHponka о‘lchamlari chizmachilik ma’lumotnomasidagi jadvaldan olinadi. Yumaloqlash radiuslari va faskalari о‘lchamlari GOST 10948-64 bо‘yicha olinadi.