Chervyakliuzatma vallarning o’qlari kesishmagan hollarda qo’llaniladi. Uzatma chervyak (trapetsiyasimon yoki boshqa turdagi rezbali vint) chervyak tishli g’ildirakdan tuzilgan (7-rasm).
Xrapli mexanizmi (to’siqli mexanizm) tishli g’ildirak (xrapovik) va maxsus detal (kuchukcha)dan tuzilgan bo’lib, kuchukcha xrapovik tishlari orasiga kirib aylanma harakatni bir tomonlama bo’lishini ta’minlaydi (8-rasm).
rasm. 8-rasm.
Tishli g’ildiraklarni tayyorlash texnologiyasi haqida ba’zi ma’lumotlar Tishli g’ildiraklarni metal qirquvchi stanoklarda nusxa olish usuli yoki silliqlash (egish) usullarning birida tayyorlanadi. Nusxa olish usulida tayyorlashda tishlar orasidagi botiqliklar maxsus barmoqsimon (9-rasm, a) va disksimon (9-rasm, b) frezalar yordamida bajariladi.
a) b)
9-rasm.
Silliqlash usulida tayyorlanganda katta aniqlikka erishish mumkin (10-rasm)
rasm
Tishli g’ildirakning asosiy parametrlari Tishli uzatmalarda aylanma harakat tishli g‘ildiraklar vositasida uzatiladi. Bu uzatish g‘ildirak tishlarining о‘zaro ilashishidan hosil bо‘ladi. Tishli g‘ildiraklar aylanma harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda ishlatiladi. Shuning uchun tishli g‘ildiraklardan biri yetakchi, ikkinchisi yetaklanuvchi hisoblanib, bunda ikkalasining tishlari bir-biriga mos kelishi shart.
Yetakchi va yetaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni, ya’ni bir xil tezlik bilan harakatlansa, u holda bu vallarga tishlarining soni teng bо‘lgan bir xil tishli g‘ildiraklar о‘rnatiladi. Agar yetaklanuvchi val yetakchi valga nisbatan sekinroq aylanish kerak bо‘lsa, u holda yetaklanuvchi valga tishlarning soni kо‘proq bо‘lgan tishli g‘ildiraklar о‘rnatiladi yoki aksincha. Bu yerda tishlarining soni kam bо‘lgan g‘ildirak shesternya, tishlarining soni kо‘proq bо‘lgani tishli g‘ildirak deyiladi.
Yetakchi va yetaklanuvchi vallarning diametrik о‘qlari о‘zaro parallel bо‘lsa, u vaqtda aylanma harakat silindrik tishli g‘ildiraklar yordamida uzatiladi. Agar yetakchi va yetaklanuvchi vallarning diametrik о‘qlari о‘zaro kesishsa (tо‘g‘ri yoki о‘tmas burchak ostida), u holda harakat konussimon tishli g‘ildiraklar orqali uzatiladi. Mabodo vallarning diametrik о‘qlari о‘zaro ayqash (kesishmaydigan) bо‘lsa, aylanma harakat vint (chervyak) va chervyak g‘ildiragi orqali uzatiladi. Bordi-yu shesternyaning aylanma harakatini ilgarilanma harakatga о‘zgartirish lozim bо‘lsa, u vaqtda mexanizmga reyka о‘rnatiladi.
Tishli g‘ildirak va shesternyalar tishlarning soni har xil bо‘lishiga qaramay, ularning modullari bir bо‘ladi.
Tishli g‘ildirakning tasnifi quyidagicha:
tishlarning profiliga binoan:
evolventasimon tishli;
qavariq va botiq tishli (Novikov ilashmasi va sikloidali tishli).
Tishli g’ildirakning asosisiy pametrlaridan biri- bo’luvchi aylana hisoblanadi uning diametrini d harfi bilan belgilanadi. Pt — ilashish qadami, bo’luvchi aylana yoyi bo’yicha ikki qo’shni tishlar orasidan o’lchab olingan yoy uzunligi, yani bo’luvchi aylana bo’ylab Ptmasofa o’lchab qo’yib chiqilsa, u bo’luvchi aylanani z (tishlar soni) qisimga bo’ladi.
Tishli g’ildirak uchun bo’luvchi diametr har doim bir xil bo’ladi.
Bo’luvchi aylana tish balandligi hni o’zaro teng bo’lmagan ikki qismga bo’ladi
– tish kallagining balandligi – ha; tish oyog‘ining balandligi – hf. Tish gardishini tishlar cho’qqisining diametri (tishlarning tashqi diametri)– da va botiqlik diametri dfajratib turadi.
Chizmalarda tish cho’qqilarining yuzasi va yasovchisini asosiy tutash chiziq bilan, cho’kish (botiqlik) yuzasi va yasovchisini tutash ingichka chiziq bilan, bo’luvchi aylanani esa ingichka shtrixpunktir chiziq bilan ko’rsatiladi.(11-rasm, a)