To’g’ri silindrik tishli g’ildirakning tasvirini chizish
Tishli g’ildirakning chizish, g’ildirakning asosiy elementlarining o’lchamlarini hisoblashdan boshlanadi. Hisoblash formulalari yuqorida keltirilgan edi.
rasm
Berigan:
modul m = 8 mm, tishlar soni z =30,
valning diametri DB =36 mm.
Bo’luvchi aylananing diametri d=mz=8∙30=240 mm,
tish cho’qqilarining diametri da=d+2ha=m(z+2)=8(30+2)=256 mm, botiqlik diametri df=d–2hf=m(z–2,5)=8(30–2.5)=220 mm.
Chapdan ko’rinishini chizish uchun umumiy markazga ega bo’lgan uchta aylanalarni chizamiz; da=256 mm, d=240 mm, df=220 mm (13-rasm).
Strelkalar bilan belgilangan tutashtirish chiziqlari yordamida frontal qirqimda tishning chegaralarini aniqlaymiz.
G’ildirak elementlarining qolgan o’lchalarini hisoblaymiz: tishli g‘ildirakning eni b=6m=6∙8=48 mm;
tish gardishining qalinligi e =2,5m =2,5∙8=20 mm; g‘ildirak diskining qalinligi k=3m=3∙8=24 mm; gupchakning tashqi diametri – dst=1,6 DB=1,6∙36=52 mm.
Diametrlarni aniqlaymiz:
rasm
Dk=df–2e=220–2∙20=180 mm;
D1=0,5(Dk + dst)=0,5(180+52)=116 mm; Do=(Dk– dst)/(2,5÷3)=(180–52)/3=42 mm;
Gupchakning uzunligi Lst=1,5 DB = 1,5∙36=54 mm.
Shponka o`yig`ining o’lchamlari GOST 23360-78 (ST SEV 189-79) dan aniqlanadi:
bsh =10 mm; t2 =3,3 mm.
Tishli g’ildirak tasvirini, yasash chiziqlari o’chirib tashlangach, asosiy chiziqlar qoraytiriladi, bo’luvchi aylana shtrixpunktir chiziq bilan, botiqlik yasovchisi ingichka tutash chziq bilan chiziladi, kerakli o’lchamlar qo’yiladi(14-rasm).
Dostları ilə paylaş: |