To’gri tishli silindrik g’ildirakning ish chizmasi Silindrik tishli g’ildirakning ish chizmasi GOST 2.403 – 75 da ko’rsatilgan qoidalar asosida bajariladi. Bu qoidalarga ko’ra chizmaning o’ng yuqori qismida uch qismdan iborat bo’lgan parametrlar jadvali chiziladi, qismlar bir biridan asosiy tutash chiziq bilan ajratib qo’yiladi (15-rasm).
rasm.
Jadvalning o’ng qismida tishli g’ildirak gardishini yasash uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar yoziladi, ikkinchi qismi tish o’lchamlarini nazorat qilish uchun ma’lumotlar bilan to’ldiriladi, uchinchi qismida ma’lumot uchun raqamlar yoziladi. O’quv chizmalarida odatda jadvalning birinchi yuqori o’ng qismi to’ldiriladi.
16-rasm
Jadval o’lchamlarini GOST 2.408-75 belgilaydi (15-rasm).
Tishli g’ildirakning o’quv ish chizmasi 16-rasmda ko’rsatilgan. O’ngdan ko’rinish g’ildirakni yasashda uncha ahamiyatga ega emas, shuning uchun chizmada val uchun teshik va shponka o`yigining o’rni ko’rsatilgan.
To’g’ri tishli silindrik g’ildirakning asliga qarab chizmasini chizish. Silindrik tishli g‘ildirakning asliga qarab, uning eskizini yoki ish chizmasini chizish uchun oldin uning moduli aniqlanadi. Buning uchun g‘ildirak tishlarining soni z hisoblab chiqiladi va bо‘luvchi (boshlang‘ich) aylananing diametri d, tishlar soni z ga bо‘linadi. Shunda modul m hosil bо‘ladi, ya’ni d/z=m. G‘ildirakda bо‘luvchi aylana diametri tishlarining oyog‘i va kallagi chegarasi orqali о‘tadi. Uni aniqlash uchun g‘ildirakning tashqi diametri daо‘lchanadi, ikkita tish kallagi balandligi 2haayriladi, ya’ni da–2ha=d1hosil bо‘ladi. Ma’lumki, tish balandligi
rasm.
h=2,25m,ha=m. Chunonchi, g‘ildirak tishlarini hisoblaganda ularning soni 35 ta, g‘ildirakning tashqi diametri 111 mm chiqdi. Tishining balandligi 6,25 mm bо‘lsa, u
vaqtda tish kallagining balandligi 3 mm bо‘ladi. Demak, bо‘luvchi aylana diametri d=111-6=105mmekan. Endi modul aniqlanadi 105:35=3. Shunday qilib, tishli g‘ildirak moduli m=3 ekan. Endi silindrik tishli g‘ildirakning eskizini chizish mumkin. Tishli g’ildirakning qolgan o’lchamlari o’lchash orqali aniqlanadi (17-rasm).