Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Silindrik tishli uzatmalarni tasvirlash



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə8/11
tarix24.09.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#64060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Konussimon g’ildirak

Silindrik tishli uzatmalarni tasvirlash.
Friksion(ishqalanish) uzatmada ikki silindrik g‘ildirak uzaro ishqalanib harakt qiladi (18-rasm). О‘zaro ishqalanib aylanma harakat qilayotgan silindrlarni boshlangich silindrlar deb qabul qilib, ularning diametrlarini boshlang‘ich yoki bо‘luvchi aylanalar diametri deb hisoblash mumkin. Tishli g‘ildirak chizmasida bunday aylanalar shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi. G‘ildirak tishlarining



          1. rasm.

kallaklari shu boshlang‘ich aylanadan yuqorida, tish oyog‘ining(tubining) qismlari shu boshlang‘ich aylananing ostida joylashadi. Shunday qilib boshlang‘ich yoki bо‘luvchi aylana tishlarni ikkiga ajratuvchi aylana hisoblanadi.
Ilashishda bo’lgan bir juft tishli g’ildirakni ko’rib chiqamiz (19-rasm, b), ularning tishlari balandligi va eniga nisbatan proporsional ravishda kichrayib boradi deb tasavvur qilamiz(19-rasm, a), bunda o’qlar orasidagi masofa aw o’zgarmasdan qoladi. Tishlarning o’lchamlari cheksiz kichrayib borsa, tishli gildirak silliq yuzali silindr(katok)ga aylanib qoladi, ya’ni bir birining ustidan ishqalanishsiz dumalaydigan holatga keladi(19-rasm, c, d). Bu silindrlar boshlang’ich deb atalib, chizmada boshlang’ich aylanalar sifatida proyeksiyalanadi. Aylanma harakatni yetakchi valdan
yetaklanuvchi valga uzatishda tishli g‘ildiraklardan foydalaniladi va shuning uchun ham tishli g‘ildiraklarning biri yetaklovchi ikkinchisi yetaklanuvchi deb ataladi. Tishli uzatmalarning kichigi shesternya, kattasi esa g’ildirak deb yuritiladi (20-rasm).


          1. rasm.

Tishli ilashmalarda boshlang‘ich aylanalar о‘zaro urinma qilib chiziladi. Bu yerda boshlang‘ich aylanalarning biri d1, ikkinchisi d2 deb belgilanadi (21-rasm).


          1. rasm.

Masalan, moduli m=12, tishlarning soni z1=16, z2=48, tish gardishining eni b=100 mm, vallar uchun teshiklarning diametrlari: shesternyada DB1=65mm, g’ildirakda DB2=90mm, berilgan silindirik tishli uzatma chizmasi quyidagicha



a)

b) 21-rasm


chiziladi. Yuqorida keltirilgan formulalar yordamida tishli g’ildiraklarning parametrlarini hisoblaymiz:

  1. boshlang’ich aylanalarning diametrlari:

dW1=12∙16=192 mm; dW2=12∙48=576 mm;

  1. tish cho`qqilarining diametrlari va botiqlik diametrlari:

da1= dW1+2m=192+2∙12=216 mm; da2= dW2+2m =576+2∙12=600 mm; df1= dW1–2,5m=192–2,5∙12=162 mm; df2= dW2–2,5m =576–2,5∙12=546 mm;

  1. gupchaklarning tashqi diametrlari:

dst1= 1,6DB1=1,6∙65=104 mm; dst2= 1,6DB2=1,6∙90=144 mm;

  1. gupchaklarning uzunligi:

L st1= 1,5DB1=1,6∙65=98 mm; L st2= 1,5DB2=1,6∙90=135 mm;

  1. g‘ildirak(o’q)lar orasidagi masofa aniqlab olinadi:

aw=0,5( dW1+ dW2)=0,5(192+576)=384 mm;
Tishli ilashmaning tasvirini qurish o’qlar orasidagi masofa aw ni o’lchab qo’yib, boshlang’ich aylanalarning simmetriya o’qlarini chizishdan boshlanadi. Boshlang‘ich aylana ( dW1, dW2) lar bir-biriga urintirib shtrixpunktir chiziq bilan chiziladi (21-rasm, a).
Tashqi (tish cho`qqilarining) diametrlar da1, da2 va botiqlik diametrlari df1, df2 mos ravishda chiziladi. Val teshiklarini ifodalovchi aylanalar DB1, DB2, so’ngra gupchaklarning tashqi diametrlari L st1, L st2 bir vaqtning o’zida chiziladi.
Bir g‘ildirakning tashqi aylanasi bilan ikkinchi g‘ildirakning ichki aylanasi orasida radial tirqish hosil bо‘ladi. Qirqimda tishlar qirqilmagandek tasvirlanadi. Standartga muofiq yetaklovchi g‘ildirakning tishi yetaklanuvchi g‘ildirakning tishi oldida tasvirlanadi. Shunga kо‘ra yetaklanuvchi g‘ildirak tishining tashqi aylana qismi shtrix chiziqda tasvirlanadi. G‘ildiraklarning torets, ya’ni chapdan kо‘rinishida tashqi
aylanalar о‘zaro kesishish joyida ham asosiy tutash chiziqda tasvirlanadi. Tashqi va ichki aylanalar orasidagi tirqish bir xil 0, 25 m ga teng bо‘ladi. Tishli g‘ildirak ishlamalari chizmasida tishlarning yо‘nalishi ilashmadagi bitta g‘ildirakda, kо‘pincha, shesternyada kо‘rsatiladi.
Ichki ilashmada katta tishli g‘ildirak ichida joylashgan kichik tishli g‘ildirak tishlari silindirik tishli g‘ildirak tishlariga о‘xshagan bо‘ladi. Katta g‘idirak о‘yiqlari ichki g‘ildirak tishlarining profiliga mos bо‘ladi. Tashqi va ichki ilashmalarda silindirik tishli ilashmalar bir xil ishni bajaradi va ular bir xil parametrlarda chiziladi. Bu yerda ichki kichik g‘ildirak yetaklovchi hisoblanadi.
Evolventa profilli tishning bir qancha afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Qavarik profil bilan u tutashayotgan tishlarning tegishish zonasida egrilik radiusi katta bо‘lmaydi. Tishlar ishlagan vaqtda tegishish zonasida davriy ravishda ezuvchi kuchlanish hosil bо‘ladi. Qayta-qayta takrorlanish natijasida ezuvchi kuchlanish tishlar yon sirtining uvalanib ketishiga sabab bо‘ladi, ya’ni charchash holatini paydo qiladi. Bunday holat kelib chiqmasligi uchun tegishish zonasidagi kuchlanishni kamaytirish lozim bо‘ladi. Bu masalani M.L.Novikov hal qiladi va u Novikov ilashishi deb ataladi. Bu ilashish asosida ishlangan shesternyali uzatmalar evolventa profilli uzatmalarga nisbatan kuch(nagruzka)ni 2-3 marta kо‘p qabul qiladi. Tegishish evolventasimon chiziqli tishlarni M.L.Novikov nuqtaviy kontakt bо‘yicha kuchni tishlar sirtiga tarqatib yuboruvchi ilashmaga almashtirdi. Tishlar profili aylanaga yaqin egri chiziq bо‘lib, yetaklovchi g‘ildiraklarda tishi qavariq, yetaklanuvchisida botiq bо‘ladi. Bunda bir tishning boshqa bir tishga tegib turgan yuzasi kо‘payadi, demak, tishlarda kuchlanish kamayadi. Novikov sistemasidagi g‘ildiraklar qiyshiq tishli va tishlari vint shaklida bо‘lib, bu hol ravon ishlashga yordam beradi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin