Tishli g’ildiraklarning konstruktiv ko’rinishlari Ayrim hollarda silindrik, konus tishli g’ildiraklardan tashqari turli shaklga va tish shakliga ega bo’lgan gildiraklar ham qo’llaniladi, ular materiali hamda konstruktiv xususiyatlari bilan bir biridan farqlanadi.
Tishli g’ildirakning konstruktiv shakli va o’lchamlari uning tishlariga ta’sir etadigan zo’riqishlarga qog’liq, g’ildirakni tayyorlashda qo’yilgan talablar, ularni montaj qilishni hamda ishlatishni qulayligi, osonligi, yengil bo’lishini taqazo etadi.
Tishli g’ildiraklar shtamplash(qoliplash), prokatlash(chig’irlash), quyish va payvandlash usullarida tayyorlanadi. Tishli g’ildiraklarni tayyorlashda po’lat, cho’yan, bronza va har xil polimer (plastmassalar) materiallardan foydalaniladi.
Kichik diametrli silindrik tishli g’ildirak odatda yaxlit disk shaklida bo’lib, valga o’rnatish uchun teshik ochilgan bo’ladi (12-rasm, d va e). Agar g’ildirakning diametri yetarlicha katta bo’lsa, disk maxsus spitsa (kegay)lar bilan almashtiriladi. Spitsalarning shakli turlicha bo’lishi mumkin. Spitsalarning ko’ndalang kesim shakli ham turlicha bo’lishi mumkin: yumaloq, ovalsimon, to’g’ri to’rtburchak, dvutavrsimon, krest(but)ga o’xshash (12-rasm, a).
Katta diametrga ega bo’lgan g’ildiraklar, montaj qilishni va ularni tayyorlash texnologiyasini soddalashtirish maqsadida, boltlar yordamida biriktiriladigan ikkita yarim gildiraklar ko’rinishida ham tayyorlanadi (12-rasm, a).
Agar konstruktsiyada ichki ilashishni qo’llash kerak bo’lsa, katta g’ildirak ichki tishlar bilan yasaladi (12-rasm, b). Valni berilgan ma’lum bir burchakka burishda tishli sector qo’llaniladi (12-rasm,c).
G’ildirak tishlari to’g’ri (12-rasm, a,b,c), qiyshiq (12-rasm, d), shevronli (archasimon) va egri chiziqli (12-rasm, e,f). Umumiy terminlar, tishli uzatmalar
rasm.
elementlarining ta’rifi va belgilanishi GOST 16530-83 (ST SEV 3295-81) da belgilab qo’yilgan.