Reja I. Kirish II


Rivojlangan mamlakatlardagi inqirozga sabab bo’lgan holatlar



Yüklə 93,6 Kb.
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü93,6 Kb.
#186574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
EKONOMIKA MUSTAQIL ISH

Rivojlangan mamlakatlardagi inqirozga sabab bo’lgan holatlar
Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishining asosiy sabablaridan hisoblanadi:

  • noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalash stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;

  • moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;

  • qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi;

  • moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;

  • moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;

  • yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning vujudga kelishi va hokazo.

Keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo balansida ijobiy qoldiq o‘sayotgan sharoitda ayrim rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblangan.
Rivojlangan mamlakatlar ayniqsa, AQSh davlat tashqi qarzi miqdorining o‘sib borganligi va uning YaIMga nisbatan salmog‘i ortganligi inqiroz kuchayishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan Inqiroz boshlangan davrda AQSh va ayrim Mustaqil hamdo‘stlik davlatlari tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan salmog‘i ortib borgan. Xususan, 2008 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i qariyb 90% ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 37% ni, Qozog‘istonda 102% ni, Ukrainada 64% ni va Qirg‘izistonda 81% ni tashkil etgan.
2008 yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining 20% gacha pasayishi jahon yalpi ichki mahsulotining sezilarli kamayishi hamda xalqaro savdo hajmining pasayishi kuzatilgan. Bu dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ishsizlik darajasining ortishi bilan birga borgan.
Xalqaro ekspertlarning qayd qilishlaricha, AQSh ipoteka bozorlarida boshlangan inqirozning avj olib, uning jahon moliyaviy va keyin iqtisodiy inqiroziga aylanib borishining sabablardan biri bu AQShning jahon yalpi ichki mahsulotining asosiy iste‘mol qiluvchisi hisoblanganidir. AQShning jahon yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqishdagi hissasi 20% ni, uning iste‘moldagi ulushi qariyb 40% ni tashkil qilgan. AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin o‘sgan. Natijada bozorda ko‘chmas mulklarga talab ortgan va uy-joy narxlarining qisqa muddat ichida keskin o‘sishi kuzatilgan. Milliy bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQShda vujudga kelgan inqiroz jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamla-katlar iqtisodiyotiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatgan. Natijada, rivojlangan mamlakatlar YaIMning o‘sish sur‘atlari bu davrda sezilarli darajada pasayib ketgan.
Jahon moliyaviy inqirozi MDH mamlakatlarini ham chetda qoldirmadi. Inqiroz Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston iqtisodiyotida o‘zining jiddiy salbiy oqibatlarini namoyon qildi. Rossiyada asosan iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yurituvchi etakchi kompaniyalar aktsiyalarining narxlari keskin tushib ketdi. Bu holat birinchi navbatda jahon energetika resurslari bozoridagi nobarqaror konyunkturaning vujudga kelishi natijasida sodir bo‘ldi. Jahon moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyot moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tganligidir.

Yüklə 93,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin