Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samarasi masalasiga, jami ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi muammosining tarkibiy qismidek qaralishi. Kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlashda va uning yo‘nalishini tanlashda xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yondashuv. Istiqboldagi omillarni hisobga olish. Qo‘yiladigan iqtisodiy masalaning xarakteridan qat’iy nazar hisob-kitob metodini qo‘llash va samaraning xarajatlar bilan bir o‘lchovda olinishi. Umumiy iqtisodiy samaradorlik samaraning kapital qo‘yilmalarining qiymatiga yoki ishlab chiqarish fondlarining qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi, qiyosiy (solishtirma) iqtisodiy samaradorlik esa, qo‘yilmalarni quyishda bir variantning ikkinchisidan qanchalik samarali ekanligini taqqoslash va aniqlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Umumiy xalq xo‘jaligi samarasi milliy daromadning o‘sishi bilan ifodalanadi. Mamlakat bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning xalq xo‘jaligi samaradorliginig mezoni bo‘lib, milliy daromad o‘sishining (solishtirma baholarda) ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalarga nisbati xizmat qilsa, boshqaruvning keyingi darajalarida esa, sof mahsulotning yoki sof meyoriy mahsulotning o‘sishining ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalarga nisbati hisoblanadi
Boshqarishning xo‘jalik hisobi darajasida va ayniqsa qurilishga xususiy mablag‘lar va bank kretdilari jalb qilinganda kapital qo‘yilmalarning samarasi sifatida daromadning o‘sishi hisobga olinadi. Mos ravishda xo‘jalik hisobi samaradorligi uning kapital qo‘yilmalarning qiymatiga nisbati bilan baholanadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblashda samara va kapital qo‘yilmalarning to‘la taqqoslash imkoniyatlari yaratilishi kerak. Kapital qo‘yilmalar, tannarx, ekspluatatsiya xarajatlari, sof mahsulot hamda qushimcha ko‘rsatkichlarni hisoblashda ayni paytda amalda bo‘lgan narxlar, tariflar, ish haqi stavkalari va boshqa bahoni shakllantiruvchi normativlar qo‘llaniladi.
Kapital qo‘yilmalar samaradorligini tahlil qilishda qurilish «lag»ini, ya’ni kapital qo‘yilmalarni kiritish va samaraga erishishgacha o‘tadigan o‘rtacha vaqtni hisobga olish lozim. Xalq xo‘jaligi bo‘yicha ushbu vaqt o‘rtacha ikki-uch yilni tashkil etishi mumkin.
Hisoblarda qabul qilingan, boshlang‘ich ma’lumotlar hamda qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda qurilish lagining kattaligi bo‘lishi mumkin:
-normativ, ya’ni qurilish va ob’yektlarni o‘zlashtirishning normativ muddatlariga asoslangan;
-haqiqiy, ya’ni qurilishning haqiqiy davomiyligi va asosiy fondlar hamda ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirishning muddatlariga asoslangan;
-rejali, qurilish va o‘zlashtirishning rejada ko‘rsatilgan muddatlariga asoslangan.
Quyida kapital qo‘yilmalarning umumiy hamda qiyosiy (solishtirma) iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodlari formulalarda keltirilgan.