Reja I. Kirish II


Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiyatlari



Yüklə 93,6 Kb.
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü93,6 Kb.
#186574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
EKONOMIKA MUSTAQIL ISH

Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiyatlari
Mehnatga haq to’lashning asosini mehnatni me’yorlash, tarif tizimlari va mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari tashkil etadi. Mehnatga haq to’lashning tarif tizimi bajariladigan ishlarning hamma turlari uchun ish haqi miqdorini me’yoriy ko’rsatkichlar orqali ishning malakasi bo’yicha aniqlashga yordam beradi. Lekin ishchilarning ish haqini hisoblash uchun ishning malakasini belgilovchi sifat ko’rsatkichlardan tashqari, bajariladigan ishning hajmini ko’rsatuvchi miqdor ko’rsatkichlaridan ham foydalanish zarur. Mehnatga haq to’lashda sarflangan mehnatning miqdori va sifatiga qarab ishchilarga qarab ish haqi hisoblash mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimi
Korxonalarda mehnatga haq to’lashning ikki shakli: ishbay va vaqtbay shakli qo’llaniladi. Mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari har bir guruh va toifadagi ishchilarning sarflagan mehnatining soni va sifatini hisobga olgan holda ish haqining miqdorini aniqlaydi. Sarflangan mehnatning miqdor o’lchov birligi ishlab chiqarilgan mahsulotning soni yoki sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, ishchilarning sarflangan vatqlari uchun belgilangan tarif stavkalari bo’yicha ish haqlarini hisoblashni mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli, ishchilarning ishlab chiqargan mahsulot miqdorlari uchun ish haqini hisoblashni mehnatga haq to’lashning ishbay shakli deb ataladi.
Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari
Kapital qo‘yilmalarni «samara» va «samaradorligi» tushunchalarini ajrata olish kerak. Birinchisi o‘zida kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish natijasini aks etsa, ikkinchisi shu natija bilan asosiy xarajatlar hajmini taqqoslashni aks etadi. Samara ishlab chiqarishga oid va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Birinchisini ko‘pincha, mahsulot ishlab chiqarishining oshishi bilan yoki natural shakldagi mahsulot birligiga ketgan xarajatlarning kamayishi bilan bog‘lashadi, ikkinchisi esa qiymatga oid tomonini ifodalaydi, masalan yalpi mahsulot o‘sishi, daromadlar o‘sishi, ishlab chiqarish xarajatlarining ma’lum bir miqdorda kamayishi - bu iqtisodiy samara hisoblanadi.
Samara kapital xarajatlarining miqdori bilan, ham natural, ham qiymat shaklida taqqoslanishi mumkin. Samarani natural shaklda ifodalashda faqatgina bir mahsulot birligiga ketgan kapital xarajatlarning miqdorini ko‘rsatish mumkin. Bu esa uni kapital sig‘imidir, qiymat ko‘rinishi esa kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan asosiy tamoyillarga quyidagilar tegishli:

Yüklə 93,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin