Reja I. Kirish II


Qurilish va qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati tuzilmasi



Yüklə 93,6 Kb.
səhifə7/10
tarix19.12.2023
ölçüsü93,6 Kb.
#186574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
EKONOMIKA MUSTAQIL ISH

Qurilish va qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati tuzilmasi
Smeta qiymati kapital qo‘yilmalarning miqdorini aniqlashda, qurilishni moliyalashtirishda, qurilish mahsulotiga shartnoma narxini belgilashda, bajarilgan qurilish-montaj ishlarini hisob-kitob qilishda, uskunalarni sotib olish va qurilish maydonchasiga keltirish xarajatalarini to‘lashda, hamda yig‘ma smetada ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlarni qoplashda asos bo‘lib hisoblaniladi. Smeta hujjatlari asosida hisob va hisobotlar, qurilish-montaj tashkilotining buyurtmachi bilan xo‘jalik hisobi va faoliyatini baholash amalga oshiriladi. Smeta qiymati bo‘yicha harakatga tushirilgan asosiy fondlar balansdagi qiymati aniqlanadi. Smeta qiymati loyihalanadigan ob’yektning texnik-iqtisodiy qo‘rsatgichlarini hisoblash uchun, uni qurish uchun qarorlarni asoslashda va qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ob’yektning qiymatini baholash zaruriyati qurilishning boshlang‘ich bosqichida tug‘iladi. Loyiha ishlarini bajarishdan oldin ob’yektning taxminiy qiymati aniqlanadi. Loyiha qidiruv, tadqiqot va loyihalash jarayonida qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan qurilayotgan ob’yektning smeta qiymatini aniqroq hisoblash imkoniyatlari tug‘iladi. Loyihalanayotgan ob’yektning qurilish qiymatini kamytirish yoki ko‘paytirib ko‘rsatish uning iqtisodiy samaradorligini baholashda xatolarga olib kelib, ob’yekt qurilishining masadga muvofiqligiga putur yetkazadi. Smeta hisob-kitoblarining aniqligi asosiy qurilish bo‘yicha loyihanining mukammal ishlab chiqilishiga hamda, uni qurish texnologiyasi, topografik va muxandislik-geologik qidiruvlarning to‘liqligi, ish hajmlarining to‘g‘ri aniqlanishi, qurilayotgan ob’yektning ishlab chiqarish sharoitlarini to‘g‘ri baholashlarga bog‘liqdir.
Bino va inshootlar qurilishining smeta qiymati - bu loyiha bo‘yicha qurilish ishlarini bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lagan barcha xarajatlar yig‘indisidir. Uning tarkibiga bino va inshootlar qurilishi ketadigan, texnologik jihojlar bilan ta’minlash, vaqtinchalik bino va inshootlar qurish, vaqtinchalik va doimiy yo‘llar qurish, elekt tarmoqlari qurish kabi xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
To‘liq smeta qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: bino va inshootlar qurilishi-montaj ishlariga, texnologik uskunalarni montaj qilish, texnologik jarayonlarni avtomatizatsiya sistemasi; texnologik uskunalar, xo‘jalik inventarlari sotib olish (Sob), loyiha qidiruv, ilmiy tadqiqod,loyiha-qidiruv ishlari, ma’muriyatni saqlash, ishlovchi kadrlarni tayyorlash xarajatlarni o‘z ichiga oluvchi boshqa xarajatlar (Spr).
Agarda ob’yekt qurilishi tugallangandan so‘ng yordamchi binolar, hamda quruvchilar uchun qurilgan ob’yektlar, inshootlar qurilish davrida boshqa korxona va takilotlar xodimlari - ishchilari tomonidan foydalanilayotgan bo‘lsa, ular korxona va tashkilotlarga sotilishi va uning balansiga o‘tkazib berilishi mumkin. Ob’ktning iqtisodiy samaradorligini baholashda ushbu bino va inshootlarga ketgan xarajatlar hisobga olinmaydi. Bu inshootlarning qiymati qaytgan summani (SVOZ ) ni tashkil qiladi. Mazkur holatda ob’yektning samaradorligini hisoblash uchun kapiatl qo‘yilmalar quyidagicha aniqlanadi:



Yüklə 93,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin