Reja I. Kirish II


Qurilishda narxni shakllantirish asoslari



Yüklə 93,6 Kb.
səhifə6/10
tarix19.12.2023
ölçüsü93,6 Kb.
#186574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
EKONOMIKA MUSTAQIL ISH

Qurilishda narxni shakllantirish asoslari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlarning narxi talab va taklif hajmi va ularning nisbati bilan aniqlanadi. Tovarlarning narxi firmalarning iqtisodiy holatiga ta’sir etuvchi eng muhim ko’rsatkichdir. Firmalarning ishlab chiqarish faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari (kapital qo’yilmalar hajmi, mahsulotning tannarxi, mehnat unumdorligi va boshqalar) narxlar bilan bog’liq. Mahsulot narxi kapital qo’yilmalarni rejalashtirish va moliyalashtirishda, investitsiya loyihalarning samaradorligini aniqlashda, firmalar faoliyati natijalarini aniqlashda asos bo’lib hisoblanadi.
Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narxning mazmunini to‘laroq tushunish, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari: qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati, davlatning iqtisodiy siyosati va h. k. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Narxlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O’lchov vazifasi;
2. Rag’batlantirish vazifasi;
3. Taksimlash vazifasi;
4. Talab va taklif muvozanatini aniqlash vazifasi.
Mahsulot narxini shakllantirish jarayonida bir nechta omillar e’tiborga olinadi. Bu omillarga mahsulot tannarxi, raqobatchilarning narxlari, mahsulotga bo’lgan talab va taklif hamda boshqa omillarni kiritish mumkin.
Narxni shakllantirishning asosiy maqsadlari – korxona foydasining, mahsulot realizatsiyasining ma’lum hajmini ta’minlash, bozordagi korxonaning imidjini saqlash, raqobatchilardan kam bo’lmaslik, bozorga yangi mahsulot kiritish va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ustunlik qilish.
Narxni shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Talab hajmini aniqlash.
2. Xarajatlarni aniqlab, narxning eng past darajasini belgilash.
3. Raqobatchilar mahsulotining narxi va sifatini tahlil etish.
4. Narxni shakllantirish usulini tanlab, narxning eng yuqori darajasini baholash.
5. Narx siyosatini ishlab chiqish.
6. Aniq davrdagi mahsulot narxini belgilash.
Narxni shakllantirish formulasining umumiy ko’rinishi quyidagicha:

W = C+V+F;


Bu yerda: W – mahsulotning narxi; S – moddiy resurslar qiymati (materiallar, elektr energiya, yoqilg’i xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari); V – ish kuchi qiymati – ish haqi; F – tadbirkor(firma)ning foydasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxni shakllanishining bir necha usullari mavjud bo‘lib, har qanday pudrat tashkiloti ularning hech bo‘lmaganda birini hisobga oladi.
1.Xarajatlar va belgilangan foyda usuli
2. Talabga asoslanilgan usul
3. Raqobatga asoslanilgan narx usuli
4. Sinash uchun sotish usuli
5. Yangi qurilish materiallari

Yüklə 93,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin