11-mavzu. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI
Reja
1. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari.
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari.
4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi.
5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi.
1. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) oʻz faoliyati
natijalaridan koʻproq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat
oʻzining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga
qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy
mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab
chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini koʻrsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida
ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon boʻladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
w = c + v + m,
bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol
qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qoʻshimcha
qiymat.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq
xarajatlarni oʻz ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini tashkil qiladi. Ishlab
chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam boʻladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bogʻliq boʻlib, shu
tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.