Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan
chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini
oʻzgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.
Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qoʻshimcha ishchi kuchini yollash va ulardan
foydalanish;
2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini koʻpaytirish;
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin boʻlgan mehnat
vositalari miqdorini koʻpaytirish va h.k.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band
boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir.
Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham
oʻzgaruvchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: