4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan
sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari
yoki pul daromadlari deyiladi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi
foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida
vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy
manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan
soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.
Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi
narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta
asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin.
Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining
ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular
foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va
aylanma kapital) nisbatidir.
Dostları ilə paylaş: |