Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga
Ichki xarajatlar – korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanish natijasida
vujudga keladigan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga
ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u oʻzgarganda ham
miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.
Oʻzgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar.
Oʻrtacha xarajatlar – mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar.
Qoʻshimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga
qilinadigan xarajatlar.
Toʻgʻri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib, uning tarkibiga kiradigan
xarajatlar.
Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
Iqtisodiy yoki sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismi.
Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga boʻlgan nisbatining
foizdagi ifodasi.
Dostları ilə paylaş: