2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi boʻyicha korxona ishlab chiqarish jarayonida
foydalaniladigan resurslar oʻz resurslari yoki jalb qilingan resurslar boʻlishi mumkin. SHunga
koʻra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga boʻlinadi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov
asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir.
Korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanishi bilan bogʻliq xarajatlar
ichki xarajatlar deyiladi.
Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan
xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Oʻzgaruvchi xarajatlar (OʻX) deb ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir qiladigan
xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va
shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi
umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |