5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi.
Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan
pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat
va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga
mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U
korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni
kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa
maqsadlarga sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |