Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbatni, 
sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. 
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, 
intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik
haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, 
fizkultura asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishlarini 
tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, 
qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalar)ni namoyish qilish 
uchun juda qulay sharoit yaratiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda 
ularning yosh hususiyatlari hisobga olinadi.Jadal o‘sish va rivojlanish maktabgacha 
yoshdagi bola organizmining o‘ziga hos xususiyatidir.
Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi xali tugallanmagan bo‘ladi. 
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bo‘ladi. Shu munosabat bilan 
quyidagi sog‘lomlashtirish vazifalari birinchi o‘ringa qo‘yiladi:


1) hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, organizmning 
tashqi muhit ta’siriga qarshiligini oshirish; 
2) organizmning barcha sistemalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantirish, 
ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘ri qaddi - qomatni uyg‘un 
jismoniy rivojlantirish. 
Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan birga unga kudratli 
rivojlanishni ta’minlovchi hususiyatlar ham hosdir. Bu barcha to‘qimalarning juda 
egiluvchanligi, tezkorligi, moda almashinuvi jarayonlarining jadalligidir. Uning juda 
katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Bola sharoitlarning o‘zgarishiga, 
jismoniy zo‘riqishga kattalarga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U 
o‘ziga tushunarli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga idroki baland bo‘ladi, bu esa 
bir qancha ta’limiy vazifalarni hal etish imkonini beradi: 
Jismoniy mashqlar bolalarning to‘laqonli aqliy, ahloqiy, estetik va mehnat 
tarbiyasiga yordam berib, ularning ma’naviy-irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik, 
qat’iyat va boshqalarni) rivojlantiradi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin