3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun jismoniy mashqlar. Maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy mashqlar katta o‘rin tutadi. 3 yoshdan
7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy
harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli o‘yinlarni o‘ynashni
o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Bu keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan
foydalangandagina bajarilishi mumkin.
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar: ertalab gigienik
gimnastika shaklida; haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tarzida
bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy
harakatlar, harakatli o‘yinlar kiradi. O‘rta va katta yoshdagi bolalar bilan o‘tirib
bajariladigan mashqlardan jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg‘ulotlar orasida jismoniy
tarbiya tanaffuslari o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida sport mashqlari, harakatli o‘yinlar
uyushtiriladi, bolalarning kichik guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan
keyin saf tortishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar bajarilib,
ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo‘shib o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida va xonada
bolalarning turli qo‘llanmalar va motorli o‘inchoqlar bilan mustaqil o‘yinlari
uyushtiriladi.
Maktabgacha ta’lim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi o‘ziga
xos vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli o‘yinlar o‘tkazilib, ularga eng ko‘p o‘rin
beriladi; 2) asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish
mashqlari); 3) sport mashqlari (konkida uchish, chang‘ida yurish, suzish, velosipeda
uchish); 4) bolalar turizmi.
Ko‘rsatilgan vositalardan uyg‘un birlikda foydalanish har tomonlama jismoniy
rivojlanishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: