Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va 
vazifalari. 
Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmui o‘rganadi, ularning 
asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, va ular izdoshlarining organizm va muhit birligi, 
organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining 
tartibga soluvchilik roli haqidagi ta’limoti tashkil etadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar organizmining o‘ziga xos tomoni shundaki, u 
juda tez o‘sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining 
shakllanishi hali tugallanmagan bo‘ladi, shunga ko‘ra u tez jarohatlanadi. Shuning 
uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar 
hisoblanadi:
1.
Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, 
organizmning shakl va funksiyalarini uyg‘un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish
har xil tashqi ta’sirlarga chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr ko‘rishini ta’minlash. 
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan o‘ta 
1. 
Соғломлаштирувчи 
вазифалар. 
3
. Тарбиявий 
вазифалар. 
2. 
Таълимий
вазифалар. 
Биринчи даражали 
вазифалар 


qabul qiluvchanlikni, sharoitning o‘zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator 
ta’limiy vazifalarni amamalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik
chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash)ni o‘stirish, 
to‘g‘ri qaddi – qomat, gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi 
bilimlarni o‘zlashtirish.  
Boladagi harakat ko‘nikmalari (yemaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va 
h.k) nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. 
Bola chanada uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan 
tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiena malakalarini egallash bilan bog‘liq bo‘lgan 
dastlabki bilimlar shakllantiriladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi, jismoniy 
mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli 
o‘yinlar va hokazolar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir. 
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, 
orqaga, o‘ngga, chapga), to‘la aylanish, fizkultura asboblarining nomi va qay 
maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim – kechak va poyafzalga qarash 
qoidasini bilishlari kerak. 
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari, ijtimoiy 
hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin