Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
Gigienik sharoitlar. Bizning jamiyatda jismoniy tarbiya davlatning ona va bola 
to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligiga, mehnatkashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib 
borishi, moddiy farovonliginingo‘sishiga asoslanadi.
Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigienik sharoit (bino, maydoncha, 
jihozlar, kiyim – bosh, poyafzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini 
(bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojlantirish va organizmni chiniqtirish 
tadbirlarini o‘z ichiga oladi) albatta bajarish zarur. Shu bilan birga, tibbiyot 
xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash ishlarini olib borishi 
talab etiladi. 
Bog‘chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin 
harakat qila olishi va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada katta
yorug‘, quruq va issiq, derazalari janubi – sharqqa qaragan bo‘lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3 – 3,5 m bo‘lib, har bir bolaga bino sathidan 2,5 kv. 
m joy, taxminan 8 kub m havo to‘g‘ri kelishi; xona bezagi gigienaga xos, tez toza 
bo‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bo‘lishi kerak. Guruhda tartib bo‘lishiga rioya 
qilish zarur. Xonada yorug‘likni to‘sadigan og‘ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq 
mebellar, umuman ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta’lim – 


tarbiya talabiga, bolalarning bo‘yi va gavda tuzilishiga mos bo‘lishi va xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan qo‘yilgan maxsus normaga javob berishi lozim. 
Bolalarning stol stullari ancha mustahkam va yengil tuzilishi sodda hamda oson 
yuviladigan bo‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap tomondan tushadigan qilib 
joylashtirilishi lozim. Uyinchok va ko‘rgazmali qurollar ham gigienik talablarga javob 
beradigan, pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko‘rinishi silliq bo‘lishi kerak. 
Tarbiyachi o‘z guruhining gigienik sharoiti uchun javobgardir. Xonani bolalar 
sayrga, musiqa mashg‘ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, deraza 
fortochkalari esa yil fasllaridan qat’i nazar doimo ochiq bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin