Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari


Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining vazifalari ,vositalari.

3.Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari.
 Rejim (kun tartibi). Bolalar hayotining rejimi (tartibi) – bu bedor yurish, uxlash, 
ovqatlanish, faoliyat xilma-xil turlarining har kuni muayyan izchillikda takrorlanib
oqilona almashinib turishidir. Tartib rivojlanish uchun qulay sharoit ta’minlashi kerak, 
shuning uchun u bolaning yoshi, uning salomatligi, kattalar mehnatining xususiyatlari, 
bola tarbiyalanayotgan oila turmushi va muassasaga bog‘liq tarzda o‘zgaradi.
Muayyan vaqt ichida tartibning asosiy tarkibiy qismlari bir maromda va doimiy 
bo‘lishi uning ajralmas xususiyatlaridir.
3) shaxsiy va ijtimoiy gigiena 
ko‘nikmalarini singdirish; 
1) jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish va madaniy-
gigienik 
ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirish 
bilan 
bog‘lik 
dastlabki 
билимларни 
шакллантириш; 
2) kelgusida sport bilan 
shug‘ullanish 
uchun 
asos 
bo‘lib hizmat kiladigan hayotiy 
zarur harakatlar malaka va 
ko‘nikmalarini 
шакллантириш.


Tartibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi, organizm faoliyatining 
maromiga asoslanadi. Bu bedor yurish va uxlashning, tana haroratining o‘zgarishi, 
nafas olish, yurak urishining qisqarish maromida, ovqat xazm qilish traktining ish 
maromida namoyon bo‘ladi va hokazo. 
Oqilona tartib: 1) bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati asosida quriladi, 
bu vaqtda boshmiya qobig‘i uchastkalari o‘rtasidagi vazifalar qayta taqsimlanadi, 
olingan axborot qayta ishlanadi; 2) aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat hazm 
qilish maromini hisobga olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan birga uning xulq-
atvorida namoyon bo‘ladi. 
Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur: 
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini. 
2. Ovqat xazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini. 
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif bo‘lgan bolalar ko‘proq 
uxlashlari kerak. 
4. Harakatga bo‘lgan yosh ehtiyojlari: bir kecha kunduzdagi harakat miqdori 3 
yoshli bolalarda 10-19 ming qadamni, 7 yoshli bolalarda 14-25 ming qadamni tashkil 
qiladi. 
5. Yil fasli, iqlim sharoitlarini bolalarni uyqusini tashkil etishni hisobga olish 
lozim. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin