Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining vazifalari ,vositalari.

Bog‘cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bilan ajratilgan alohida 
maydoncha bo‘lishi kerak. Maydonchada bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun 
joy (tekis maydoncha), qum, suv, qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar 
uchun joy, ijodiy o‘yinlar va turli o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar uchun joy 
ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: tirmashib chiqish uchun 
devorchalar (uch, to‘rt va olti burchakli), muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, 
tepalik, sakrash, uloqtirish mashqlari uchun kerakli jihozlar bo‘lishi kerak. Bularning 
hammasi bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli bo‘lishi zarur. 
Bog‘cha maydonchasida bolalarning velosipedda yurishlari uchun yo‘laklar
bo‘lishi kerak. 
Yomg‘ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo‘ladi. Maydoncha har 
doim ozoda, tartibli bo‘lishi zarur. Bog‘cha maydonchasi skameykalar, o‘ynash uchun 
zarur bo‘lgan o‘yinchoqlar, qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari, 
narvonchalar bilan jihozlangan bo‘ladi. 
Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo‘lchalar, qor inshootlari, qurish 
lozim. 
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovaqat va kechki 
ovqat) osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, 
uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shart-sharoit 
hosil bo‘ladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigieiik malakalarni
stol atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish malakalarinn tarbiyalashga yordam beradi. Eng 
muhimi — bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash 
muhim ahamiyatga egadir. Ba’zi bolalar keragidan ortiq, ba’zilari keragidan kam ovqat 
yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasnni ularning yoshiga qarab 
berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga majbur etish kerak emas, 
majbur etish har doim ovqatdan oladigan lazzatlaiishni kamaytiradi, uni hazm qilishni 
kiyinlashtiradi, ba’zan bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Bolaning to‘g‘ri 
ovqatlanayotganning asosiy mezoni uning jismoniy jihatdai uyg‘un rivojlanganligidir. 


Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyishga o‘rgatish ularda 
ozqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg‘otishga yordam beradi. 
Ikkinchi yoshning boshidan qoshikdan foydalanishga o‘rgatish, to‘rtinchi yoshdan 
sanchqidan, beshinchi yoshda — pichoqdan foydalaiish malakalarini tarbiyalab borish 
zarur. Bundan tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo‘lini yuvish, tartibli yeb-
ichish, chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to‘g‘ri 
o‘tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan keyin og‘izin chayqash kabi 
madaniy-gigienik malakalarni ham tarbiyalab boriladi. 
Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeh berish, ularni koyish yaramaydi. Bu 
bolalarning asabini buzadi, ishtahasini bo‘g‘adi. Bir bolaga berilgan tanbex boshqa 
bolalarning diqqatini tortmasligi lozim. Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga 
tarbiyachi yoki enaga yordam bsradi.
Bolalarda ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy-gigienik malakalarni 
tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna ko‘rsatishni talab etadi. Madaniy-gigienik 
malakalarni qanday bajarayottanliklarini tarbiyachi nazorat qilib borishi, katta va 
tayyorlov yoshidagi bolalarda esa uning ahamiyatnni, bajarish usulinn ongli egallab 
olishlariga erishishi lozim. 
Uyqu. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu muhim vazifadir. Uyqu 
miya katta yarimsharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni 
tiklaydi. 
Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistemasining, organizm 
charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga 
to‘ymasa nerv sistemasi faoliyatining buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez 
qo‘zg‘aluvchi bolalar aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bolalarning uyqu 
tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi. Shunda buiday bolalar 
kichkinagina, arzimagan sharpadan ham uyg‘onib ketaveradi. Bola qanchalik yomon 
uxlasa, uning axloq normasi, o‘zaro munosabati, muomalasi shuncha yomonlashadi
bunday holni biz injiqlik deb tushunamiz. Yaxshi uyqu bolaning sog‘lomligidan darak 
beradi. 
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo‘lgan sutkalik rejimni
hayotining birinchi kunidan boshlab to‘g‘ri tashkil etishidir. Bola tez va yaxshi 
uxlashi uchun qerakli shart-sharoit yaratish, uyg‘oqlik vaqtida faollashtiruvchi har xil 
harakatlarni tashkil etish kerak. 
Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri hayotining birinchi oyidan 
boshlab uni toza havoda uxlatishdir. Kislorodga to‘ygan qon butun organizmdagi nerv 
hujayralarining tiklanishiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini 
yaxshilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarni toza havoda uxlatish, sayr qildirish nihoyatda zarurdir.


Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo‘lib uyg‘onadi va hafsala bilan kiyina
boshlaydi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin